Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Rummenigge: «Vilyarreal» haqli g‘alabaga erishdi»

Rummenigge: «Vilyarreal» haqli g‘alabaga erishdi»

Baho:
+ | -

Myunxen klubi sobiq bosh direktor Karl-Xayns Rummenigge «Bavariya»ning Chempionlar ligasidan chiqib ketishini shok holat deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, Myunxenliklar chorak finalda «Vilyarreal»ga umumiy hisobda 1-2 mag‘lub bo‘lishdi (mehmonda 0:1, uyda 1:1).

«Vilyarreal»ning 88-daqiqada kiritilgan goli butun stadionni hayratda qoldirdi. Hamma allaqachon qo‘shimcha vaqt bo‘lishini va u yerda jamoamiz hujumda davom etishini o‘ylagan edi. Ammo javob golidan keyin hammasi tugadi, biz turnirdan chiqib ketdik. Bu kutilmagan zarba edi.

Ikkala o‘yinni ham eslasak, «Vilyarreal» nohaq g‘alabaga erishdi, deya olmaymiz. Birinchi o‘yinda «Bavariya» yomon o‘yin o‘tkazdi.

Javob o‘yinida ispanlar ko‘proq himoyalanishdi va ko‘proq qarshi hujumni kutishdi.

Balki past baholangandir, ammo «Vilyarreal» Ispaniyada yaxshi futbol ko‘rsatdi. Bundan tashqari, bu Yevropadagi kuchlaridan biri ekanligini isbotladi.

Men Unai Emerini anchadan beri kuzatib kelaman, uning muhim o‘yinlarda aqlli ekanligini hamma biladi», – dedi Myunxen klubining sobiq bosh direktori.

Kiritildi: 18:27, 14.04.2022.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик