Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Ayyu - Suares haqida: "U bizni o‘ldirgandi, butun afrikaliklarning orzusini o‘ldirgandi"

Ayyu - Suares haqida: "U bizni o‘ldirgandi, butun afrikaliklarning orzusini o‘ldirgandi"

Baho:
+ | -

Gana terma jamoasi futbolchisi Andre Ayyu JCH-2010dagi Luis Suaresning hatti-harakatlari haqida fikr bildirdi.

Chorak final o‘yinining qo‘shimcha taymida Suares to‘pga qo‘li bilan zarba berib, Urugvay terma jamoasi darvozasiga kirib ketayotgan to‘pni qaytarib qolgandi. Hakam hujumchiga qizil kartochka ko‘rsatib, Gana terma jamoasi foydasiga penalti belgiladi. Asamoa Gyan 11 metrlik zarbani noaniq amalga oshirgan va Gana penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchragandi.

“Avval ham aytganimdek, balki uning o‘rnida bo‘lganimda ham shunday qilgan bo‘lardim.

To‘g‘ri, u bizni o‘ldirdi, bizning orzumizni o‘ldirdi, u afrikaliklarning orzusini o‘ldirdi va biz hammamizda yarim finalga chiqqan birinchi Afrika davlati bo‘lishimizga to‘sqinlik qilganini his qilamiz. Bu alam abadiy qoladi.

Lekin bu ishni millati uchun qildi, qaror chiqardi, bu ish yuzasidan orqaga qaramaslik kerak. Biz yaxshi o‘ynashni va Qatardagi jahon chempionatida muvaffaqiyat qozonishga harakat qilishni istaymiz” - dedi Qatarning “As-Sadd” va Gana terma jamoasi yarim himoyachisi.

Kiritildi: 22:54, 14.04.2022.
O'qildi: 1377 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик