Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Lokomotiv» PFK yirik kompaniya bilan homiylik shartnomasi imzoladi

«Lokomotiv» PFK yirik kompaniya bilan homiylik shartnomasi imzoladi

Baho:
+ | -

O‘z oldiga doim yuqori maqsadlarni qo‘yadigan «Lokomotiv» professional futbol klubi bugun, 15 aprel kuni yurtimizdagi eng yirik kompaniyalardan biri BMB Trade Group bilan titul homiylik shartnomasi imzoladi.

2017 yilning 4 aprel sanasida tashkil etilgan ushbu kompaniya o‘tgan 5 yil mobaynida Respublikamiz hamda xalqaro miqyosda juda katta yutuqlarga erishgani ko‘pchilikka ma’lum. Bugun kompaniya rahbariyati «Lokomotiv» stadioniga tashrif buyurib, futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi.

Bugungi tadbir ikki qismdan iborat bo‘ldi. Tadbirning birinchi qismida har ikki tashkilot rahbariyati muzokaralar stolida shartnoma imzolashdan maqsad va shartnoma shartlarini kelishib olishdi. Tadbirning ikkinchi qismi «Lokomotiv» anjumanlar zalida davom ettirilib, bunda OAV xodimlari va muxlislar ko‘z o‘ngida shartnomaga imzo chekish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan «Lokomotiv» PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramov shunday dedi:

"Futbol klubimiz tashkil etilganidan beri doim o‘z oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yib kelyapmiz. So‘nggi yillarda futbol marketingi sohasida ham katta qadam tashladik. Bugundan boshlab BMB Trade Group kompaniyasining «Lokomotiv» PFK titul homiysiga aylangani klubimiz faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘ylaymanki, hozircha bir yilga tuzilgan homiylik shartnomasi faqat shu bilan to‘xtab qolmaydi. Biz BMB Trade Group bilan uzoq muddatli hamkorlik olib borishga harakat qilamiz".

Titul homiylik shartnomasini imzolash marosimida BMB-Opera Zafferano O‘zbekiston-Italiya qo‘shma korxonasi bosh direktori Aziz Mamatqulov va «Lokomotiv» PFK bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov ishtirok etdilar.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 20:22, 15.04.2022.
O'qildi: 2030 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик