Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

Gvardiola: "Liverpul" standart vaziyatlarda juda yaxshi o‘ynaydi"

Gvardiola: "Liverpul" standart vaziyatlarda juda yaxshi o‘ynaydi"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya kubogi yarim finalida "Liverpul" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda qabul qilib olingan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Manchester Siti" ushbu bellashuvda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“Qiyin bo‘lib o‘tgan birinchi bo‘limdan keyin bor kuchimizni berdik. Birinchi golga kelsak, ular standart vaziyatlarda juda kuchli o‘ynashadi. Ikkinchi gol esa baxtsiz hodisa tufayli kiritildi. O‘yinga qaytish qiyin bo‘ldi, lekin ularning futbolchilari ikkinchi bo‘limda a’lo darajada harakat qilishdi".

Steffenning xatosi haqida:

“Bu baxtsiz hodisa va uning kelajagi uchun saboq bo‘ldi. To‘p o‘sha hududda bo‘lsa, bu hodisa sodir bo‘lishi mumkin. Shaxsan u bilan emas, jamoa bilan gaplashdim, lekin uning juda kuchli ekanini bilaman.

Bizning kuchimiz ikkinchi bo‘limda yaqqol namoyon bo‘ldi. Hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlarimiz bor edi. Yigitlar ikkinchi bo‘limda iroda ko‘rsatishdi.

Muammo charchashda emas edi. Birinchi bo‘limda ular ko‘proq charchashdi, futbolda gap charchoqda emas, balki siz qanday o‘ynashingizda.

Nihoyat bir-ikki kun dam olamiz. Oldinda bizni yettita o‘yin va Chempionlar ligasi kutib turganini bilamiz, nima bo‘lishini ko‘ramiz” - dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.

Kiritildi: 22:44, 16.04.2022.
O'qildi: 2601 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.