Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Messi hurmatga loyiq! Chunki...

Messi hurmatga loyiq! Chunki...

Baho:
+ | -

Ushbu mavsum davomida juda ham ko‘p futbol mutaxassislari argentinalik futbol yulduzining o‘yinlarini jua ko‘p bor jiddiy tanqid qilishdi. Messining asosiy ustunligi tezkor harakatlar va driblingda edi va yosh asta sekin o‘z so‘zini ayta boshlamoqda. Ammo Leoning uzatmalaridagi mahorati hamon o‘zi bilan qolgan. Messining o‘yini o‘z yo‘liga, ammo so‘nggi bir yil ichida uning hurmatga sazavor jihatlarini yana bir bor ko‘rdik. Muxlislarga hurmati, libos so‘ragan raqibiga o‘zinikiga qo‘shib Inyesta va Xavining futbolkalarini olib borib bergani “Barselona”da qoldi. So‘nggi yillarda Leoning yana ba’zi harakatlari unga bo‘lgan hurmatni yanada oshirdi. Quyida shu haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Darvozabonning iltimosi

 

Ushbu mavsum Messi uchun og‘ir o‘tdi. U Fransiyaga ko‘nikishga qiynaldi. Ana shunday davrlarda “PSJ” “Reyms”ga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 2-0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng Leo o‘z jamoadoshlari bilan maydondan chiqib ketayotganida raqib darvozaboni Predrag Raykovich o‘g‘lini ko‘tarib parijliklar tomonga shoshib kelayotganiga ko‘z tushadi. Messi darhol to‘xtab Raykovich tomonga boradi. Darvozabon Leodan o‘g‘li bilan rasmga tushishini so‘ramoqchi edi. Argentinalik esa Raykovichning yoniga borib o‘g‘ilchasini ko‘targan holda rasmga tushadi va darvozabonga omad tilaydi. Maydonda bunday holatga tushgan yulduzlar soni ko‘p emas. Raqibni hurmat qilib uning iltimosini bajarish ham doim kuzatilavermaydi.

 Shoshib qolgan Gomes

“PSJ” va “Lill” o‘rtsidagi o‘yin yakuniga yetgach, tribunalar ostidagi bir qiziq holat tazvirlarga tushib qoldi. Unda  Leo raqib futbolchisi Eynjel Gomesga o‘z futbolkasini tutib, undan ham libosini berishini so‘raydi. Bu holatda “Lill” futbolchisi nima qilishini bilmay shoshib qolganini ko‘rdik. Albatta yoningizga Messi kelib sizdan libos so‘rasa hayajonlarni jilovlay olmaysiz. Gomesning holatini tushinish qiyin emas. Gomes vaqtida “MYU” kelajagi bo‘lishi kutilgan iqtidorli futbolchi edi. Uning yoshligini hisobga olib, Leoning harakatlari motivasiya bo‘lishi mumkinligi va Eynjel yana o‘zini tiklab olishi kutilgan edi. Ammo shundan so‘ng uning ismini qayta eshitmadik.

Raqib o‘yiniga tan berish

Messining qo‘lga kiritgan yettinchi “Oltin to‘pi” ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Birinchidan ko‘pchilik Leo noloyiq edi bunga deyishgan bo‘lsa, ikkinchidan Leo ham bunga o‘z munosabatini bildirgani bo‘ldi. Mukofot topshirilish chog‘ida Leo nutq bildirarkan, u bu sovringa o‘zidan ko‘ra ko‘proq Robert Levandovski loyiqroq ekanligini aytib o‘tgan. To‘g‘ri bu bilan hech narsa o‘zgarmadi. Messi o‘z mukofotini berib yubormadi yoki Levaga boshqatdan topshirilmadi. Ammo raqibiga nisbatan bu darajada fikr bildirib, o‘tgan mavsum o‘zidan ustun o‘ynaganini tan olish hurmatga loyiq. Ayniqsa o‘sha futbolning ikki dahosidan biri bo‘lsa.

Vatan tuyg‘usi

Albatta bu tuyg‘u hammada bor va Messida ko‘proq yoki kamroq deya taqsimlab bo‘lmaydi. Lekin Leo uchun shaxsiy sovrinlardan ham ustunligini Kopa Amerikada ko‘rdik. Hech kachon Messi bunday quvonch bilan yutilgan sovrinni nishonlamagan. Leo buyuk futbolchi, ammo terma jamoada muvaffaqiyat qoznmasdan, o‘z faoliyatiga yakun yasasa g‘alati bo‘lardi. Shuning uchun ham Leo buni ko‘proq istagandir. Finaldagi g‘alabadan so‘ng, Messining quvonchdan yig‘laganini ko‘rdik. Neymar ham yutqazgan bo‘lsa-da, Messi uchun hursand bo‘ldi. Kubok va shahsiy sovrinlarni qalashtirib tashlagan Leoda Kopa Amerikani yutganligi uchun bunday quvonganligi vatan tuyg‘usidan boshqa narsa emas.

Klubga bo‘lgan muhabbat

 

Messi “Barselona”dan ketgani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Katalon klubi uning uyi edi va ketish Leoga og‘ir botdi. Buni xayrlashuv marosimining kulminatsiyasini ko‘rgan har bir muxlis yaxshi biladi. Bir jamoadan boshqa jamoaga ketish odatda futbolchilar uchun oddiy o‘tadi. Ammo Leo o‘zi mehr qo‘ygan klubidan ketishi unday bo‘lmadi. To‘g‘ri bunday muhabbatni Xavi, Totti yoki Puyolda ham ko‘rgan bo‘lishingiz mumkin, Ammo ular futbolchilik faoliyatini tugatayotgan edi. Ularning vaziyati boshqacha edi. To‘g‘ri Messi “PSJ”jan osongina, kulib boshqa jamoaga ketishi mumkin. Ammo uning “Barselona”ga bo‘lgan muhabbati olqishlarga loyiq. Menimcha, Real” muxlislari ham uning ko‘z yoshlarini ko‘rganda, ichidan qandaydir tuyg‘u o‘tgan.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:44, 24.04.2022.
O'qildi: 8240 marta.
Fikrlar: 46 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.