Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

«Chelsi» «qalqon»ini yo‘qotsa, qala parchalanishi mumkin

«Chelsi» «qalqon»ini yo‘qotsa, qala parchalanishi mumkin

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning eng foydali o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Antonio Ryudigerning shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi va ushbu haftada uning «Chelsi»ni tark etishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu «ko‘klar» rahbariyati bilan bog‘liq. Chunki ular keyingi mavsumdan ichki chempionatda g‘oliblikni qo‘lga kiritishga intilishmoqda.

Frenk Lempard tomonidan ishonch bildirilmagan va unchalik ham e’tibor markazida bo‘lmagan Ryudiger Tomas Tuxel boshqaruvida asosiy futbolchiga aylandi, shu sababli u 2021/22 yilgi mavsumda «Chelsi»ning boshqa o‘yinchilaridan ko‘ra ko‘proq o‘yinda (47) maydonga tushdi va 4380 daqiqa vaqtni o‘tkazdi. «Chelsi» Ryudigerni «Stemford Brij»da saqlab qolishni istaydi, ammo tomonlar o‘rtasidagi kelgusi shartnoma muzokaralarida kelishuvga erishilmadi.

Tuxel uch kishilik orqa chiziqni qo‘llab-quvvatlagan holda, uning ketishi «ko‘klar» uchun katta zarba bo‘ladi, chunki bu yozda jamoa uch himoyachisini yo‘qotishi kutilmoqda, Andreas Kristensen va Sesar Aspilikueta ham mavsum yakunida katta ehtimol klublarini o‘zgartiradi. Ryudiger «Chelsi» safida 13 ta «quruq» o‘yin o‘tkazgan holda jamoasi g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi. U bu borada Premyer-ligadagi markaziy himoyachilar orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi - Virjil van Deyk bu ko‘rsatkichni 19 taga yetkazgan. «Chelsi»ning yana bir vakili Tiago Silvada 9 ta «klin shit» mavjud.

Ryudigerning muhimlik juhati shundaki, «Chelsi» bu mavsum Premyer-ligada o‘tkazib yuborgan jami 27 golning 18,5 foizi u maydonga tushmagan ketma-ket uch o‘yinda sodir bo‘ldi. «Ko‘klar» to‘rt yoki uch kishilik himoyada o‘ynashdan qat’i nazar, «Chelsi» muxlislari ishonch hosil qilishlari mumkinki, 29 yoshli futbolchi maydonga tushganda raqibni o‘tkazib yuborish ehtimoli ancha past bo‘ladi. Demak, Ryudiger darajasidagi himoyachini tekinga yo‘qotish g‘arbiy London jamoasi uchun halokatli bo‘lishi mumkin.

Hozirda Tuxel ixtiyorida bo‘lgan markaziy himoyachilarning hech biri (Silvadan boshqa) himoyaga Ryudiger kabi agressiv yondashuvni taklif qilmaydi. U «Chelsi»ning barcha o‘yinchilari orasida driblinglar soni bo‘yicha (62) to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu muddatda u «Chelsi»ning himoyadagi muvaffaqiyatlariga asosiy sabab hisoblanadi.

Bundan tashqari, 50 va undan ortiq havodagi to‘p uchun kurashlarda muvaffaqiyatli qatnashib, 147 o‘yinchi orasida beshinchi o‘rinni egallaydi. To‘p jarima maydonida yoki havoda bo‘lgan paytda hujumchilar Ryudigerdan ustun bo‘lishlari qiyin. Uch nafar himoyachi shu yozda g‘arbiy Londonni tark etishi kutilmoqda va Silva hozir 37 yoshda, «Chelsi»ning himoyasi mustahkam bo‘lishi mumkin, ammo hozirgi sur’atda Tuxelning asosiy uch markaziy himoyachisi sifatida braziliyalik futbolchi, Trevo Chaloba va Malang Sarr qolmoqda. keyingi mavsum oldidan variantlar kamroq. Hech qanday shubha yo‘qki, klub mavsum oralig‘ida orqa chiziqqa sarmoya kiritadi, ammo Fikayo Tomori va Mark Gualga da’vogar «Chelsi»ga bu borada «Milan» va «Kristal Pelas» raqiblik qiladi. Shu sababli «aristokratlar» yo himoyachilar masalasini hal qiladi, yoki bo‘lmasa ushbu zonaga jiddiy o‘rinbosarlar topishiga to‘g‘ri keladi.

Yozda «Stemford Brij»ga o‘tish niyatida bo‘lgan futbolchilar ham borki, ular Ryudigerning ketishini yengillashtirishi mumkin. Jyul Kunde, Mattias de Ligt va Adam Salay «ko‘klar»ning ustuvor varianti hisoblanadi. «Chelsi» osonlik bilan raqiblariga kurash taklif etadi.

Ammo rahbariyatning Ryudigerni «Stemford Brij»da ushlab turolmagani muxlislarga yoqmasligi aniq. U muxlislar uchun muhim futbolchiga aylandi. Agar «Chelsi» Kunde yoki De Ligtni qo‘lga kirita olsa, yoki Ryudigerning o‘rniga boshqa ehtimoliy o‘yinchini qo‘lga kiritsa ham, germaniyalik futbolchining ligadagi va tizimdagi tajribasi uning bepul ketishi oldida sharmandali holatga aylanadi. Bu jamoaga «Manchester Siti» va «Liverpul» bilan raqobatga kirishishda katta muammolar tug‘dirishi mumkin.

Kiritildi: 21:16, 25.04.2022.
O'qildi: 2370 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.