Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Ronald Kuman: «Men ketayotganimda «Barsa» 8 ochko ortda edi, hozir esa farq 15 ochkoga yetdi»

Ronald Kuman: «Men ketayotganimda «Barsa» 8 ochko ortda edi, hozir esa farq 15 ochkoga yetdi»

Baho:
+ | -1

"Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Ronald Kumanning fikricha, u jamoani tark etgach «ko‘k-anorranglilar» o‘sishga erishmagan.

«Men jamoani tark etayotganimda peshqadamdan 8 ochko ortda qolayotgandik. Hozir esa ushbu farq deyarli ikki baravar oshdi.

O‘zim ishlagan bir yilu 4 oy muddat haqida kitob yozishim mumkin. Men ishlagan paytda ba’zi hodisalar ro‘y berdi: koronavirus, jamoa ma’lum muddat prezidentsiz qoldi, yangi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolay olmadik, keyin esa Messi va transferning so‘nggi kunida esa Grizmann jamoani tark etishdi. Lyuk de Yongning transferi uchun meni ko‘p tanqid qilishdi, ammo uning gollari tufayli «Barsa» 5-6 ochko jamg‘ardi.

Men klub boshqaruvida muvaffaqiyatsizlikka uchramadim. Aksincha, «Granada» bilan o‘yindagi mag‘lubiyat tufayli La ligadagi g‘oliblikni qo‘ldan chiqardik, ammo Kubokni qo‘lga kiritdik. Kubokni qo‘lga kiritar ekansan, bu muvaffaqiyatsizlik hisoblanmaydi.

Hozirgi «Barselona» ham xuddi mening boshqaruvim paytidagidek. Demak, murabbiyning almashishi hamisha ham klubning foydasiga hal bo‘lavermaydi. Oson va yengil taqqoslashni amalga oshirish u qadar to‘g‘ri emas.

Albatta, «Barsa» qaysidir jihatdan o‘sishga erishdi. Chunki jamoa 3 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Ammo, yana takrorlayman, men ketayotganimda farq 8 ochko edi, hozir bu 15 ochkoga yetdi. Bu Xavining aybi emas. "Barselona"dagi vaziyat shunday. Ular bejizga uy bahslarida mag‘lubiyatga uchrashmayapti», – dedi Kuman.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:33, 28.04.2022.
O'qildi: 4022 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.