Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Bunyodkor" FK prezidenti jamoa akademiyasiga e’tibor qaratmoqda

"Bunyodkor" FK prezidenti jamoa akademiyasiga e’tibor qaratmoqda

Baho:
+ | -

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Razzoqovich Abdullayev klub akademiyasida bugungi kunda yosh futbolchilar uchun mavjud shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida, 29 aprel kuni jamoa qarorgohiga tashrif buyurdi. Kunning ikkinchi qismiga to‘g‘ri kelgan ushbu tadbir ikki qismdan iborat bo‘ldi.

Klub prezidenti, dastavval, Superliganing 6-turidagi “Olimpik” bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgan asosiy jamoa a’zolari bilan uchrashdi.

- Birinchi navbatda, barchangizni va umuman butun xalqimizni kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan muborakbod etaman! Barchangizga sog‘lik, oilangizga tinchlik-totuvlik tilayman!

Mana, mavsumning dastlabki ikki oyi ortda qoldi. Jamoamiz yosh bo‘lishiga qaramasdan, Superligada munosib qatnashib kelmoqda. Akademiyamizdan yetishib chiqishgan bir qancha yosh futbolchilar ijrosidagi dadil o‘yinlar ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda. Asosiysi, jamoada jipslik bor. Bu meni xursand qilmoqda. Biroq natijalar yanada yaxshi ko‘rinish olishi uchun, biz futbolchi-murabbiylarimizga bundan-da kengroq va qulay sharoitlar yaratib berishimiz darkor. O‘ylaymanki, jamoada hozirda muammolar yo‘q. Agar bo‘lsa, bemalol muhokama qilishimiz mumkin. Men sizlar bilan shunchaki ko‘rishgani kelganim yo‘q. Mabodo ishga to‘sqinlik qilayotgan ba’zi muammolar bo‘lsa, ularni bartaraf etish yechimlarini ko‘rib chiqamiz, - dedi asosiy jamoa bilan uchrashuv vaqtida Mehriddin Abdullayev.

Shundan so‘ng bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov va jamoa sardori Davronjon Ergashev so‘z olishdi hamda klub rahbariyati tomonidan ularga barcha sharoitlar o‘z vaqtida muhayyo etib berilayotganini, klubda hech qanday muammo yo‘qligini ta’kidlashdi.

Klub bosh direktori Ulug‘bek Mirzayevga mavjud sharoitlarni yana bir bor ko‘zdan kechirib chiqib, ularni yanada yaxshilash bo‘yicha vazifa berildi.

- Mehriddin Razzoqovich, avvalo, bizni har vaqt yaqindan qo‘llab-quvvatlab turganingiz uchun Sizga katta rahmat aytamiz. Albatta, ish unumimizni yanada oshiramiz. Oldimizda turgan barcha masalalarni ijobiy hal qilib, yuklatilgan vazifa va talab etiladigan natijalarga erishish uchun jamoamiz borki imkoniyatlarni ishga soladi, - deya, o‘z fikrlarini ifoda etdi Mirzayev.

- Klubning eng katta rahbari biz bilan oldinlari bu darajada ko‘rishmasdi. Mehriddin Razzoqovich, hozirda Siz bizning ahvolimizdan, jamoa bilan yuzma-yuz uchrashib, bevosita suhbatlashib, muntazam tarzda xabar olib turibsiz. Bu hol bizga yanada qo‘shimcha kuch bermoqda, futbolchilarning g‘ayrat-shijoatini yanada oshirmoqda. Bu uchun biz hammamiz Sizdan judayam minnatdormiz, - deb, qo‘shimcha qildi asosiy darvozabon Suhrob Sultonov.

Klub prezidenti tashrifining ikkinchi qismi “Bunyodkor” akademiyasidagi sharoitlarni o‘rganishga qaratildi. Mehriddin Abdullayev yosh charm to‘p iqtidorlari uchun akademiyada mavjud barcha imkoniyatlar bilan tanishdi. Har bir ob’ekt – yotoqxona, o‘quv xonalari, sport va trenajyor zallari, oshxona, tibbiy markaz, basseyn va boshqa inshootlarni ko‘zdan kechirdi. Yotoqxonada istiqomat qilayotgan yosh o‘yinchilarimiz bilan bevosita suhbatda bo‘ldi. Yorqin kelajakka intilib, ular tinimsiz mehnat qilishlari zarurligini aytdi. Bu borada o‘smirlarimizga o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.

Tez kunlarda mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, aniq amaliy ishlar orqali sportchilarning bemalol va emin-erkin mashg‘ulot o‘tkazishlari, ta’lim olishlari, istiqomat qilishlari uchun bo‘lgan hamda boshqa maishiy shart-sharoitlarni hozirgidan-da yuqori saviyaga ko‘tarish zarurligi bo‘yicha klub rahbariyatiga qator topshiriqlar berdi.

- Biz eng katta urg‘uni doimo yoshlarni tarbiyalashga berishimiz lozim. Bu, birinchi galda, butun mamlakatimiz, hukumatimiz siyosati. Davlatimiz rahbari bugungi kunda eng katta e’tiborni yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratmoqda. Yoshlar bizning ertangi kunimiz. Shu bois hamisha akademiya haqida qayg‘urishimiz kerak. Agar ish yaxshi hamda zamonaviy talablar darajasida olib borilsa, “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchilarini yaqin orada Yevropa maydonlarida ko‘rishimiz hech gap emas. Ushbu tamoyilni har doim ustuvor hisoblashimiz lozim. Va bu to‘g‘ri yo‘l, ishonch bilan aytamanki, kelgusida albatta o‘z mevasini beradi, - dedi tashrif so‘nggida “Bunyodkor” FK prezidenti Mehriddin Abdullayev.

Manba: "Бунёдкор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 11:23, 30.04.2022.
O'qildi: 1408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.