Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Xavi bugun «Barselona»ga qaysi futbolchilar yordam bera olmasligini aytdi

Xavi bugun «Barselona»ga qaysi futbolchilar yordam bera olmasligini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida «Malyorka»ga qarshi o‘yin oldidan jamoadagi jarohatlar haqida gapirdi.

«Pedri bir necha haftaga safdan chiqdi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda va hozir mustaqil shug‘ullanmoqda. Pike oxirgi 2-3 oy davomida muammolarga duch keldi. Bugun u yana kasal va mashg‘ulot o‘tkazmadi. Robertoda mushaklar bilan bog‘liq muammo bor. Niko kecha Fati bilan to‘qnashuvda oyog‘ini jarohatlab oldi. Breytueytda kovid, Dembeleda esa tonzillit bor.

Bu yomon, chunki bizga barcha futbolchilar kerak. Hozirda bizning jamoada markaziy yarim himoyachilar ko‘p emas, lekin bu futbol. Kecha asosiy raqibimiz «Sevilya» ochko yo‘qotdi va biz foydalanishimiz kerak», - deya Xavining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport.es.

Oldinroq son qismidagi jarohat tufayli 20 yanvardan beri maydonga tushmayotgan hujumchi Ansu Fati maydonga tushishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

La Liga turnir jadvalida kataloniyaliklar 63 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. «Sevilya» 64 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etgan.

 

Kiritildi: 10:47, 01.05.2022.
O'qildi: 2588 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.