Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 01:00 Valensiya - Real Madrid
04/01 17:30 Tottenhem - Nyukasl
04/01 19:00 Venetsiya - Empoli
04/01 20:00 Bornmut - Everton
04/01 20:00 Aston Villa - Lester
04/01 20:00 Kristal Pelas - Chelsi
04/01 20:00 Sautgempton - Brentford
04/01 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
04/01 22:00 Fiorentina - Napoli
04/01 22:30 Brayton - Arsenal
05/01 00:45 Verona - Udineze
05/01 16:30 Monsa - Kalyari
05/01 19:00 Fulhem - Ipsvich
05/01 19:00 Lechche - Jenoa
05/01 21:30 Liverpul - Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino - Parma

«Sen eng buyuk futbol o‘qituvchisisan» — eng ta’sirchan so‘zlar Rayolaga ataladi

«Sen eng buyuk futbol o‘qituvchisisan» — eng ta’sirchan so‘zlar Rayolaga ataladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

"Mening agentim, eng yaxshi do‘stim va oilam a’zosi"

Futbolchilar Rayola bilan xayrlashmoqda. Yurakdan chiqqan so‘zlar esa har doim ta’sirli bo‘lgan.

30 aprel kuni dunyodagi eng mashhur agentlardan biri Mino Rayola olamdan o‘tdi.
Rayola mijozligi ostida Zlatan Ibrahimovich, Pol Pogba, Erling Xoland, Genrix Mxitaryan, Janluiji Donnarumma, Matteys de Ligt va Marko Verratti kabi katta futbol yulduzlari faoliyat olib borar edi. Minoning mijozi bo‘lgan ko‘plab o‘yinchilar ijtimoiy tarmoqlarda agentiga iliq so‘zlar qoldirishdi. Quyida bularni e’tiboringizga havola etamiz.

"Eng yaxshi" degan ta’rif bilan Xoland Rayola yonida suratga tushmoqda. Eng umidli futbolchining kelajagi aynan shu insonga bog‘liq edi. Endi esa nimalar bo‘lishi barchaga birdek qiziq.

Verratti Minoning 2020 yildagi eng yaxshi agent mukofoti bilan olingan surati yoniga “Buyuk Mino” deb yozib qoldirdi.

"Roma" yetakchilaridan biri Genrix Mxitaryan juda ta’sirli xabar qoldirdi: “Mening agentim, eng yaqin do‘stim va oilam – men seni sog‘inaman. Sen doimo biz bilan bilansan".

Eng batafsil postni “Napoli” vingeri Irving Losano yozib qoldirdi:

“Men sendan ko‘p narsani o‘rganish baxtiga muyassar bo‘ldim. Sen eng buyuk futbol o‘qituvchisisan. Sen bilan uchrashish hayotimdagi eng yaxshi lahzalardan biri bo‘ldi. O‘zaro suhbatlarimizni hech qachon unutmayman. Og‘riqlar o‘tkinchi bo‘ladi: bir kun men uni yenggaman va u yo‘qoladi. Ammo sening xotirang abadiy qoladi. Men seni sog‘inishdan to‘xtamayman. Hammasi uchun rahmat. Tinchlan Mino Rayola, uxla, orzu qil va meni kut - biz hali ikkinchi bo‘limni o‘ynashimiz kerak".

“Inter”ning gollandiyalik himoyachisi Dnzel Dyumfris voqeadan chetda turmadi: “Mino, hammasi uchun rahmat. Fidoyilik, mehnatsevarlik, aql-zakovat va iliqlik tahsiniga sazovorsan. Biz seni hech qachon unutmaymiz! Sen o‘ziga xos insonsan".

Haligacha ishonmayapman. Sen meni ko‘chadan olib kelib, mehr berding va ko‘p hayotiy tamoyillarni o‘rgatding. Qayerda bo‘lsang ham doim yuragimda bo‘lasan. Tinchlan, katta xo‘jayin", - deydi "Yuventus" hujumchisi Moyze Kin.

Mario Balotelli ham agentga hurmatli so‘zlarni qoldirdi: “Sen hayotda ham, futbolda ham doim men bilan birga bo‘lgansan. Sening tanbehlaring, maslahatlaring va hazillaring men bilan qoladi. Men seni ikkinchi otamdek sevardim va doim sevib qolaman. Bilaman, sen doimo bizning hayotimizda bo‘lasan. Yaxshi sayohat, Mino".

Kiritildi: 07:36, 02.05.2022.
O'qildi: 2463 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.