"Roma" o‘z maydonida "Bolonya" bilan durangni ushlab qoldi (42 % vaqt mobaynida to‘pga egalik qilib, yaqqol vaziyatlar borasida 1:3 qayd etib 0:0 hisobida durang o‘ynadi). Oqibatda klub Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun matematik imkoniyatni ham yo‘qotdi.
Shunday bo‘lmoqdaki, Joze Mourinyo maoshlar hajmi bo‘yicha chempionatda uchinchi o‘rinda turuvchi klubni qabul qilib, qo‘shimchasiga 113 mln yevro sarflab (boshqa istalgan klubdan 40 mln ko‘proq) CHLdan chetda qolmoqda. Endi eng yaxshi yakunda "Roma" 5-o‘rinni qo‘lga kiritishi, eng yomon oqibatda esa 8-o‘ringa tushib ketishi mumkin.
Bu faktlarni eslab qoling. Ular portugaliyalik piar ustasi Konferensiyalar ligasi yarimfinali/finali olamshumul muvaffaqiyat ekanini tushuntira boshlagach kerak bo‘ladi.
Vadim Lukomskiy