Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

«Andijon» aprel oyida qanday ko‘rsatkichlarni qayd etdi?

«Andijon» aprel oyida qanday ko‘rsatkichlarni qayd etdi?

Baho:
+ | -

Aprelni yakunlab, may oyiga ham kirib keldik. “Andijon” jamoamizning o‘tgan oydagi statistik raqamlari qanday bo‘ldi? Quyida shu xususida so‘z yuritamiz.

“Burgutlar” hammasi bo‘lib to‘rtta rasmiy o‘yinda maydonga tushishdi. Ikkitasi pro liga va yana ikkitasi O‘zbekiston Kubogi doirasiga to‘g‘ri keldi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

“G‘ijduvon” – “Andijon” – 1:1
“Yangiyer” – “Andijon” – 1:3
“Andijon” – “So‘g‘diyona” – 1:1
“Turon” – “Andijon” – 1:2.

Shuningdek, “Aral Samali”ga qarshi Kubok bahsidagi o‘yinga jamoa moliyaviy muammo tufayli bora olmagani uchun texnik mag‘lubiyat yozildi. Biroq ungacha andijonliklar bir g‘alaba va bir durang qayd etgani tufayli guruhda 2-o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘l oldi, qur’a natijasiga ko‘ra, “Andijon” keyingi bosqichda “Turon”ni qabul qiladi.

4 ta o‘yinda futbolchilar raqib darvozasiga 7 ta gol urishdi va o‘z darvozasidan 4 ta to‘p o‘tkazishdi. Shahboz Erkinov aprel oyida 2 ta gol urdi va har ikkisini penalti orqali amalga oshirdi. Shuningdek, Farhod Sohibjonov, Sherzod Esonov, Muhammadkarim Toirov, Bogdan Milich va Ildar Mamatkazin ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

Umuman olganda, gollarning 4 tasi birinchi bo‘limda kiritilgan bo‘lsa, qolgan 3 tasi ikkinchi bo‘limga to‘g‘ri keldi.

Aprel oyida "Andijon" darvozasi tomon bitta penalti belgilandi. O‘z navbatida jamoa ikki bor shu ishni bajardi. “So‘g‘diyoga”ga qarshi bellashuvda Shoxruz Norxonovning 11 metrlik nuqtadan yo‘llagan zarbasini Xurshid Xodjayev bartaraf etdi. Shahboz Erkinov esa “Yangiyer” va “Turon” darvozalariga aynan penaltidan gol urdi.

4 ta o‘yinda jami 9 nafar futbolchi sariq kartochka bilan “siylandi”. Shu bilan birga klub 1 ta qizil kartochkaga ham “ega bo‘ldi”. Kuni kecha “Turon”ga qarshi bahsda yarim himoyachi Muhammadkarim Toirov ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan chetlatildi. Ahmadjon Anvarov, Goron Milochko, Vladimir Bubanya (2 marta), Malikshoh Rasulov, Ilhom Alijonov (2 marta), Shahboz Erkinov va Muhammadkarim Toirov sariq kartochkalar bilan jazolandi.

“Bobur Arena”da tomoshabinlar tashrifi ham asta-sekin ko‘tarilyapti. Masalan, “So‘g‘diyona” bilan o‘yinni 2952 nafar muxlis stadiondan kuzatdi va bu raqam hozirgacha eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. Safarda “Turon” maydonidagi bahsda esa jamoamizni 500 dan ziyod ishqibozlar bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlashdi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 15:26, 02.05.2022.
O'qildi: 1360 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик