Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Tirik qolish" uchun hayot-mamot janglari: "Byornli", "Everton" va "Lids". Ularning qay biri APL uchun munosib?

"Tirik qolish" uchun hayot-mamot janglari: "Byornli", "Everton" va "Lids". Ularning qay biri APL uchun munosib?

Baho:
+ | -

Mavsum yakuniga yaqinlashgani sari har yilgidek APL turnir jadvalining pastki qismida kurash avjiga chiqa boshladi. Elitada jon saqlab qolishga harakat qilayotgan klublar so‘nggi choralar ko‘rishga intilmoqda. Xususan, bu yo‘lda "Byornli" klubi yaqin bir hafta ichida ikki bor g‘alabaga erishdi va o‘z holatini ancha yaxshilab oldi. Shuningdek, kecha "Everton" ham o‘ta muhim g‘alabani tantana qildi. Lempard jamoasi "Chelsi"ni bitta to‘p farqi bilan taslim etib, xavfsiz zona bilan farqni ikki ochkogacha qisqartirib olishga muvaffaq bo‘ldi. Yana bir xavf ostida qolgan jamoa, "Lids" esa, 4-0 hisobida o‘z maydonida "Manchester Siti"ga mag‘lub bo‘lib, ahvolini ancha og‘irlashtirib qo‘ydi. Yuqoridagi natijalar sabab "Byornli" hamda "Lids" 34 ochkoga ega bo‘ldi. "Everton"da 32 ochko bor. Ammo Lempard qo‘lida bitta ortiqcha o‘yin ham mavjud. Ayni paytga qadar "Norvich" va "Uoford"ning APLdan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan. Qolgan jamoalar esa ular safiga qo‘shilib qolmaslik uchun harakat qilishlari talab etiladi.

"Lids"ning holati haqida

Albatta, hammaga ayon bo‘lib ulgurgan narsa bor – "Byornli"ning muvaffaqiyatlari – "Lids" uchun bosh og‘rig‘i. Liga yetakchisi bo‘lgan "Manchester Siti"ga mag‘lubiyatdan keyin Jessi Marsh jamoasiga "Byornli" ochkolar borasida yetib oldi (34). "Everton"dan esa atigi ikki ochko oldinda bormoqda. Mavsum yakunlanishiga 4 ta tur qolgan bir paytda bunday xavfli holatga tushib qolish hech bir jamoaga ma’qul kelmaydi. "Lids"ning qolgan o‘yinlari quyidagicha:

"Arsenal" (mehmonda)
"Chelsi (uyda)
"Brayton" (uyda)
"Brentford" (mehmonda)

Albatta, to‘rtta bahsning dastlabki ikkitasi o‘ta og‘ir kechadi. Boshqa tomondan esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilar, "Everton" hamda "Byornli" natijalar qayd eta boshladi. Bu esa yorkshirliklarga katta bosim yuklaydi. Agarda ular 4 ta uchrashuvdan maksimal foydalana olsa, o‘zini saqlab qolishni kafolatlaydi. Aks holda, ikki yillik yorqin o‘yinlaridan keyin "Lids" bilan yana xayrlashishga majbur bo‘lamiz.

"Everton"ning holati haqida

Jamoaga Chempionship changali tahdid qilayotgan bir paytda, "Everton" o‘z uyida "Chelsi"ni mag‘lub eta oldi. Bu bilan Lempard yigitlari kerak bo‘lganida o‘zida kuch topa olishini isbotladi. Kechagi g‘alaba hammasini jamoaning qo‘lida qoldirdi. Bu degani, kelayotgan uchrashuvlarning oson bo‘lishini anglatmaydi, albatta. Ammo jamoaga bir qadar qulay raqiblar ro‘baro keladi. Mersisaydliklarning qolgan o‘yinlari quyidagi raqiblarga qarshi kechadi:

"Lester" (mehmonda)
"Uotford" (mehmonda)
"Brentford" (uyda)
"Kristal Pelas" (uyda)
"Arsenal" (mehmonda)

O‘tgan oyda yo‘qotilgan zarur ochkolarga qaramay, "Everton" APLda qolish uchun kurash ichida bo‘ladi. "Chelsi" ustidan g‘alaba bu umidni yanada olovlantirib yuboradi. "Gudison Park" esa o‘z jamoasiga qaytadan ishonishni boshladi.

"Byornli"ning holati haqida

Bir so‘z bilan aytganda – tubdan o‘zgargan jamoa. So‘nggi turlardagi "Sautgempton", "Vulverxempton" hamda "Uotford" ustidan qozonilgan g‘alaba klubni anchayin xavfsiz zonaga, hatto "Lids"dan yuqori pozisiyaga olib chiqdi. Yana nima deyish mumkin, jamoa oldidan chiqqan raqibni ayab o‘tirmayapti va bu Mayk Jeksonning yaxshi darajaga ega ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, "Byornli"ning g‘alabalari, ularning gollar nisbatiga ham ijobiy ta’sir qildi. Shu sabab "Lids" ortda qoldirildi. Endilikda Jekson shogirdlarini to‘rtta oson bo‘lmagan uchrashuvlar kutadi:

"Aston Villa" (uyda)
"Tottenxem" (mehmonda)
"Aston Villa" (mehmonda)
"Nyukasl" (uyda)

Shubhasiz, "Byornli"ning ayni paytdagi APLda qolish uchun qulay imkoniyatlarini hech kim inkor eta olmaydi. Shon Daychning iste’foga chiqarilishi esa barchani hayratga solgan edi. Bugun ko‘rinmoqdaki, bu ish – to‘g‘ri qilingan. Uchta ketma-ket g‘alaba klubning imijini butunlay o‘zgartirdi. Boz ustiga, APLda qolish uchun asosiy da’vogar nomi ham "Byornli"ga tegishli bo‘lib turibdi. Ha, jamoa "Aston Villa"ga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazishi kerak. Bu esa juda katta sinovdir. Agarda shu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tilsa, u holda, vazifa bajariladi!

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 18:11, 02.05.2022.
O'qildi: 2831 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.