Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Germaniya terma jamoasining taklifini 3 marta rad etgan va Argentinadan taklif kutayotgan futbolchi haqida bilasizmi?

Germaniya terma jamoasining taklifini 3 marta rad etgan va Argentinadan taklif kutayotgan futbolchi haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasiga bir necha bor chaqirilgan va ular «nemis mashinasi» taklifiga rad javobini berishganini eslay olasizmi? Misol: Mateo Klimovich. U ko‘pchilikka deyarli tanish emas.

Ispaniyalik jurnalist Sezar Luis Merloning so‘zlariga ko‘ra, «Shtutgart»ning yosh futbolchisi Mateo Klimovich Argentina terma jamoasida o‘ynamoqchi bo‘lgani uchun Xansi Flikning chaqirig‘iga uch marta e’tibor bermagan. 21 yoshli yarim himoyachiga birdaniga uchta jamoada o‘ynash imkoniyati bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Germaniya, Argentina va Polsha kabi terma jamoalardan birini tanlashi mumkin.

Yarim himoyachining bu xatti-harakati ajablanarli emas. Bu Mateoning otasi, Dortmundning «Borussiya», «Volfsburg» va «Boxum» klublarining mashhur hujumchisi Diyego Klimovichdan (Bundesligada 213 o‘yin va 70 gol) qolgan «meros». 2002 yilda jahon chempionati oldidan Klimovichga Polsha terma jamoasi futbolchisi bo‘lish taklifi kelib tushdi. Murabbiylar shtabi uni asli kelib chiqishi nigeriyalik bo‘lgan Emmanuel Olisadebe bilan tandemda o‘ynashni rejalashtirgan. Diyego rad etdi. To‘rt yil o‘tgach, xuddi shunday urinish Ukraina terma jamoasi murabbiylar shtabi tomonidan amalga oshirildi, ammo u yana rad etdi. O‘sha yili forvard afsonaviy Andrey Shevchenko bilan juftlik hosil qilishi mumkin edi! Ammo Diyego haqli ravishda Argentina terma jamoasiga chaqirilishini kutayotgandi. Afsuski, okenaortidan unga qo‘ng‘iroq qilishmadi.

Mateo Argentinaning Buenos-Ayres shahrida tug‘ilganiga qaramay, futbol sirlarini Germaniyada o‘rganishni boshlagan: o‘sha paytda otasi Germaniya klublari sharafini himoya qilgan bo‘lsa, kichik Klimovich mahalliy maktablarda tahsil olgan (hatto bir yil davomida «Borussiya» akademiyasida ham ta’lim olgan). Shu sababdan, qolaversa uning nemis pasportiga ega ekanligi Germaniya yoshlar terma jamoasiga yo‘llanma berdi: Mateo Yevro va Olimpiya o‘yinlari saralashiga chaqirilgan va Germaniya U–21 jamoasi safida 4 ta o‘yin o‘tkazgan.

2020 yilning kuzida FIFA yosh futbolchilarga terma jamoani almashtirishni osonlashtirgan o‘zgarishlar kiritdi. Endilikda bir mamlakat terma jamoasi safida uchtadan kam rasmiy o‘yin o‘tkazgan futbolchilar sport fuqaroligini o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, Mateo Klimovich Argentinaning asosiy terma jamoasida o‘ynash haqiqat emas, orzu.

Faoliyatini yakunlash uchun Diyego Argentinaga - «Instituto» klubiga yo‘l oldi. Mateo professional faoliyatini aynan shu yerda boshlagan.

2019 yilda Mateo Klimovich Germaniyaga qaytib keldi va «Shtutgart» bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Hozircha u jamoaning asosiy tarkibda barqaror o‘rniga ega emas, ammo 2021 yilning oktyabrida u Bundesliganing eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgandi. Germaniya chempionatida u «Mayns»ga qarshi (4:1) bo‘lib o‘tgan 2-tur uchrashuvida debyut golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

«Shtutgart» safidagi 50 o‘yinda yigitcha 2 gol va 4 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. Yosh futbolchi uchun yaxshi natija. Endi savol tug‘iladi, u o‘zining nimasi bilan Flikning e’tiboriga tushdi?

Bir intervyuda Diyego Klimovich o‘g‘lining qobiliyatlarini ta’riflab berdi: «U ko‘p qirrali hujumkor o‘yinchi, shuningdek, qanotda yoki pleymeyker sifatida o‘ynay oladi».

Bundan tashqari, Mateo ikkala oyog‘ida ham teng zarba bera oladi.

Sobiq «Borussiya D» va «Arsenal» skauti, hozirgi kunda esa «Shtutgart» sport direktori bo‘lib ishlayotgan Sven Mislintat (Shinji Kagava, Pyer-Emerik Obameyang, Mats Hummels va boshqa o‘nlab iste’dodlarni kashf etgan) ham Mateoning ko‘p qirraliligini qayd etadi. U Mateoning o‘yin uslubini Marko Roysga o‘xshatadi.

«U sof vinger, yoki sof qanot, yo qanot futbolchisi emas», — deb tushuntiradi Mislintat. – U Marko Roys, Maksimilian Filipp va Andrey Kramarich kabi futbolchilarga o‘xshaydi; iqtidor bo‘yicha emas, balki o‘yin uslubi bo‘yicha. U jarima zarbalarini juda yaxshi ijro etadi. Shuningdek, uning tezligi ham juda yuqori. Qolaversa maydonni ham yaxshi ko‘radi».

Garchi Marko so‘nggi uch yil ichida terma jamoada atigi 4 marta (mumkin bo‘lgan 26 ta o‘yindan) o‘ynagan bo‘lsa-da, milliy jamoada Marko uchun o‘rinbosar bo‘lishi zarar qilmaydi, chamamizda.

Kiritildi: 19:59, 03.05.2022.
O'qildi: 3448 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.