Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

YECHL. «Real» superkambek namoyish etib, finalga yo‘l oldi

YECHL. «Real» superkambek namoyish etib, finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida «Real» va «Manchester Siti» jamoalari javob bahsida ham muxlislarga hissiyotlarga boy supero‘yin namoyish etib berishdi.

Dastlabki uchrashuvdan farqli ravishda Gvardiola bu safar o‘zgacharoq taktika tanladi. Angliyaliklar tavakkal qilib oldinga o‘tishmadi, ko‘proq to‘pni qadrlashga harakat qilishdi, imkon bo‘lganda esa olis masofalardan zarba berishdi. Kurtua tanaffusga qadar 4ta seyv namoyish etib, qahramonlik ko‘rsatdi. "Real" futbolchilariga esa birinchi bo‘limda aniqlik yetishmadi.

Anchelotti jamoasi ikkinchi bo‘limda katta ishtiyoq bilan boshladi. Vinisius yaqin masofadan darvozaning bo‘sh qolgan qismini nishonga ololmadi. Shundan so‘ng "Siti" o‘yin nazoratini o‘z qo‘liga oldi va oldindan belgilangan  taktika asosida harakatlana boshladi. Uchrashuvning 72-daqiqasida Gvardiola maydonga Gyundogan va Zinchenkoni tushirdi. Bu esa o‘z samarasini berdi. Nihoyat bahsning 73-daqiqasiga kelib hisob ochildi. Mahrezning zarbasini Kurtua qaytara olmadi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan "shaharliklar" safida Jek Grilish maydonga tushirildi. Aynan ushbu futbolchi o‘yin taqdirini butunlay hal qilib qo‘yishi mumkin edi. Ammo u 2ta juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Uning dastlabki zarbasini Militao darvoza chizig‘i ustida to‘pni qaytarib qoldi. Angliyalik futbolchi keyingi vaziyatda yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p Kurtuaning oyog‘iga tegib, olis ustun yonidan o‘tib ketdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari esa "Madrid" uchun juda omadli keldi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Rodrigo 90-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, braziliyalik futbolchi oradan 2 daqiqa o‘tib "Qirollik klubi"ni oldinga olib chiqdi.

"Real" shu bilan to‘xtab qolmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi boshlangan paytda Benzema penalti ishladi. Karim 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisob 3:1 ko‘rinishga olib keldi. Natijada ikki o‘yin natijasiga ko‘ra madridliklar 6:5 hisobida oldinga o‘tib olishdi.

"Manchester Siti"da vaziyatni o‘nglash uchun deyarli yarim soat vaqt bor edi. Dastlabki ekstra-taym tugash arafasida Fernandinyo yaqin masofadan to‘pni mezbonlar darvozasiga burib yubora olmadi.

Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida "Real Madrid" ishonchli himoyalandi va g‘alabani ushlab qoldi. Anchelotti shogirdlari katta matonat ko‘rsatib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Chempionlar ligasi, yarim final, javob o‘yini
Real Madrid Ispaniya – Manchester Siti Angliya 3:1 (0:0, 2:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 73 Mahrez, 1:1 – 90 Rodrigo, 2:1 – 90 Rodrigo, 3:1 – 95, penalti Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao (Valyexo, 115), Mendi, Modrich (Kamavinga, 75), Kroos (Rodrigo, 68), Kazemiro (Asensio, 75), Valverde, Benzema (Sebalyos, 104), Vinisius Junior (Vaskes, 115).
Manchester Siti – Ederson, Uoker (Zinchenko, 72), Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne (Gyundogan, 72), Bernardu Silva, Rodri (Sterling, 99), Foden, Mahrez (Fernandinyo, 85), Gabriel Jezus (Grilish, 78).
Ogohlantirishlar: Laport (9), Modrich (9), Karvaxal (65), Militao (84), Valverde (90), Sterling (101), Zinchenko (113).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:39, 05.05.2022.
O'qildi: 8715 marta.
Fikrlar: 513 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик