Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

“Metallurg” yubiley uchrashuvini o‘tkazadi

“Metallurg” yubiley uchrashuvini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionati – O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin egallagan “Metallurg” – “Qizilqum” uchrashuvi Bekobod shahri jamoasi uchun kuchlilar safidagi yubiley – 700-uchrashuvi bo‘ladi.

Toshkent viloyati jamoasi bugungacha ortda qolgan 699 o‘yinning 233 tasini o‘z foydasiga hal etgan. 142 uchrashuvda esa raqiblari bilan murosaga imzo chekkan. 324 o‘yinda esa imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 852:1062.

“Metallurg”ning kuchlilar safidagi eng yirik hisobdagi g‘alabasi 6:0 (“Semurg‘” – 2001, “Xorazm” – 2008, “Mash’al” – 2016), eng yirik mag‘lubiyati esa 0:7 (“Navbahor” – 2003, “Nasaf” – 2004).

Yubiley o‘yindagi raqib ancha jiddiy va so‘nggi yillarda “Metallurg” uchun noqulay jamoa bo‘lib qolmoqda. Xususan, oxirgi ikki mavsumda “Qizilqum” Bekoboddan bir xil – 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan. 2021 yilgi mavsumda navoiyliklarga gurjistonlik futbolchilar Mate Vatsadze hamda Elguja Grigalashvililar kiritgan gollar 3 ochkoni taqdim etgandi. Bu gollarga o‘yin oxirida Ibrohim Ibragimov bitta aniq zarbasi bilan javob qaytargandi. Ammo shu narsani ta’kidlash kerakki, aynan chempionatni yakunlovchi turida Navoiyda olingan revansh “Metallurg”ni kuchlilar safidagi mavqeini saqlab qolishiga sabab bo‘lgandi. Bu safar ham “Qizilqum”dan gurjistonlik legioner Giorgi Kuxianidze muvaffaqiyat qozongandi. Ammo uning goliga qadar bekobodliklar mezbonlar darvozasini uch marta ishg‘ol etib bo‘lishgandi – Zohid Abdullayev, Dilshod Rahmatullayev, Xudoyshukur Sattorov – 1:3.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 15:43, 05.05.2022.
O'qildi: 1179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.