Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

2022 yilgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar qancha pul mukofotiga ega bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

2022 yilgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar qancha pul mukofotiga ega bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik atletlar hamda ularning murabbiylari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bu haqda «2022 yilda Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida»gi prezident qarorida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Kumush medal sohiblari 3 ming dollar, bronza egalari esa 2 ming dollarga ega bo‘ladi.

G‘olib va sovrindorlarning murabbiylari, shuningdek, atletga yordam bergan boshqa mutaxassislar ham taqdirlanishi belgilangan:

G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan murabbiylar:

— Oltin — 2,5 ming dollar
— Kumush — 1,5 ming dollar
— Bronza — 1 ming dollar

Boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):

— Oltin — 2 ming dollar
— Kumush — 1 ming dollar
— Bronza — 500 dollar

Bundan tashqari, g‘olib va sovrindorlar, trenerlar qo‘shimcha ravishda mahalliy byudjetdan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

G‘olib va sovrindorlar:

— Oltin — BHMning 300 barobari (hozirgi vaqtda 81 million so‘m)
— Kumush — BHMning 200 barobari (54 mln so‘m)
— Bronza — BHMning 100 barobari (27 mln so‘m)

G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan murabbiylar:

— Oltin — BHMning 200 barobari
— Kumush — BHMning 100 barobari
— Bronza — BHMning 50 barobari

2022 yilgi Osiyo o‘yinlari 10 sentyabrdan 25 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Paraosiyo o‘yinlari 9—15 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:23, 05.05.2022.
O'qildi: 1212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик