Xitoyning Xanchjou shahrida 2022 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Osiyo o‘yinlari 2023 yilga qoldirildi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi ijroiya qo‘mitasining Toshkentdagi yig‘ilishida ma’lum qilingan.
2022 yilgi Osiyo o‘yinlari 10 sentyabrdan 25 sentyabrgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Paraosiyo o‘yinlari esa 9—15 oktyabr kunlariga mo‘ljallangandi.
Osiyo o‘yinlarining qoldirilishiga sabab qilib, Xitoyda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashgani ko‘rsatilmoqda.
Avvalroq o‘zbekistonlik sportchilar 2022 yilgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan taqdirda qancha pul mukofotiga ega bo‘lishi ma’lum bo‘lgandi.