Himoyachi Jorjio Kyellini “Yuventus” uchun "Alyans" stadionidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.
37 yoshli futbolchi A Seriyaning 37-turida “Lasio”ga qarshi mavsumdagi so‘nggi uy o‘yinida maydonga tushdi.
18-daqiqada bosh murabbiy Massimiliano Allegri Kellinini almashtirib, muxlislarga mavsum yakunida jamoani tark etayotgan sardorni olqishlar ostida kuzatib qo‘yish imkoniyatini berdi.
Jorjio sheriklari bilan quchoqlashib, sardorlik bog‘ichini hujumchi Paulo Dibalaga topshirdi, u ham yozda klubini o‘zgartiradi.
Kyellini o‘rniga Matteys de Ligt maydonga tushdi.