Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Rasman! Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari ham qoldirildi!

Rasman! Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari ham qoldirildi!

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi (HAPGOC) va Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi (APC) bugun joriy yil 9-15 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Para Osiyo o‘yinlarining boshqa muddatga ko‘chirilganini e’lon qildi. Bu haqda APC rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bu e’lon Osiyo Olimpiya Kengashi va tashkiliy qo‘mita (HAPGOC) tomonidan Xitoyda Covid-19 pandemiyasi bilan bog‘liq noxush vaziyatning davom etayotgani tufayli Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarini keyinga qoldirish to‘g‘risida qabul qilingan qaroridan so‘ng e’lon qilindi.

Endi APC, Xitoy Paralimpiya qo‘mitasi va HAPGOCdan tashkil topgan ishchi guruh 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan O‘yinlarni qayta rejalashtirish ustida ish olib boradi. Yaqin kelajakda bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinishi kutilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Xanjchou-2022 Osiyo va Para Osiyo o‘yinlarning ramzi, shiori va yili o‘zgarishsiz qoladi.

Kiritildi: 16:40, 17.05.2022.
O'qildi: 1587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.