Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Italiya A Seriyasi hamda O‘zbekiston afsonalari ishtirokidagi matbuot anjumani

Italiya A Seriyasi hamda O‘zbekiston afsonalari ishtirokidagi matbuot anjumani

Baho:
+ | -

Toshkentning «Bunyodkor» stadioni anjumanlar zalida 17 may, seshanba kuni O‘zbekiston va Italiya futboli afsonalari ishtirokidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda Italiya terma jamoasining afsonalari Daniele Massaro, Alberto Jilardinyo, Vensan Kandela, Aldair va o‘zbek futbolining yulduzlari Viktor Karpenko, Server Jeparov, Anvar G‘ofurov, Kamoliddin Murzoyev ishtirok etdi.

Shuningdek, Italiya va O‘zbekiston afsonalari o‘rtasidagi o‘yinni sharhlab borish uchun rossiyalik taniqli sharhlovchi Nobel Arustamyan ham taklif qilingan. Arustamyan bilan birga Mirzahakim To‘xtamirzayev o‘yinni sharhlab boradi.



"Taklif uchun rahmat. O‘zbekistonda mehmon bo‘lishni anchadan buyon orzu qilardim. O‘zbekiston — futbol mamlakati. Bu yer haqida juda ko‘p narsa bilaman. Hozirgi kunda asosiy yulduz hisoblanadigan Eldor Shomurodov bilan doim suhbatlashib turaman. Men Italiyada uning mehmoni bo‘ldim. Undan tashqari, shuncha yulduz tashrif buyuribdi. O‘ylaymanki, ertaga ajoyib futbol bayrami bo‘lib o‘tadi", — dedi Nobel Arustamyan.

Italiyalik sobiq futbolchi Vensan Kandela «Roma» va Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi.



"Bu Eldor uchun «Roma»dagi ilk mavsum. Joze Mourinyo ham rimliklardagi debyut mavsumini o‘tkazmoqda. Shuning uchun u yerda hamma narsa o‘zgacha. Shomurodov ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa ham, maydondagi har bir daqiqasida juda yaxshi taassurot qoldirgan. Ba’zi to‘g‘rilanadigan narsalarni joyiga qo‘ysa, Eldor kuchli futbolchi", — dedi Vensan Kandela.



"Bu shou bo‘ladi deb o‘ylamayman. Barcha futbol ishqibozlariga yoqadigan o‘yin namoyish etishimiz kerak. Qancha ko‘p gol bo‘lsa, shuncha yaxshi bo‘ladi. Hech qanday prinsipiallik yo‘q, bu shunchaki o‘rtoqlik o‘yini", — dedi Viktor Karpenko.

Anjumandan so‘ng Italiya va O‘zbekiston futboli afsonalari yoshlarga mahorat darslarini ko‘rsatib berdi.

O‘zbekiston va Italiya futboli afsonalari o‘rtasidagi uchrashuv 18 may, chorshanba kuni 19:00 da «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘yinda quyidagi nomlar qatnashishi avvalroq ma’lum qilingandi:

O‘zbekiston futboli afsonalari: Pavel Bugalo, Ignatiy Nesterov, Baxtiyor Ashurmatov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Shavkat Mullajonov, Akmal Shorahmedov, Asqar Jadigerov, Islom Inomov, Asror Aliqulov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Temur Kapadze, Sanjar Tursunov, Aziz Haydarov, Jasur Hasanov, Eldor Magdeev, Aleksandr Geynrix, Bekzod Mamatqulov, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Nosir Otaqo‘ziyev, Anvar Soliyev, Ne’matillo Qutiboyev.

Italiya futboli afsonalari: Kristian Abbiati, Dario Shimich, Luka Antonini, Kristian Zakkardo, Kristian Zenoni, Eduardo, Aldair, Vensan Kandela, Luiji di Byadjo, Anjelo Karbone, Marek Yankulovskiy, Serjinyo, Lyudovik Jyuli, Robson Toledo, Alberto Jilardinyo, Daniele Massaro, Vinchenso Yakvinta.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:41, 18.05.2022.
O'qildi: 3023 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.