"Parma" o‘z saytida bosh murabbiy Juzeppe Yakini bilan xayrlashayotganini e’lon qildi. Uning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi.
Jamoaning B seriyadagi omadsiz mavsumi tufayli rahbariyat 58 yoshli mutaxassis bilan xayrlashishga qaror qildi. "Parma" 2021/22 yilgi mavsumni turnir jadvalida o‘n ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Oldinroq italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro jamoaning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.