Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

«PSJ» Messi tufayli mavsumni rekord miqdordagi daromad bilan yakunlamoqda

«PSJ» Messi tufayli mavsumni rekord miqdordagi daromad bilan yakunlamoqda

Baho:
+ | -

«PSJ» joriy mavsumda 700 million yevro daromad topdi. Bu klub tarixidagi rekord natija hisoblanadi.

L’Équipe xabar tarqatishicha, bungacha parijliklarning rekordi mavsum-2018/19da qayd etilgan bo‘lib, jamoa o‘shanda 637,3 mln yevro ishlab topgandi.

Lionel Messi "PSJ" bilan shartnoma imzolagach, jamoaning yangi 11ta homiysi paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalishdagi umumiy daromad 310 million yevroga yetdi.

Onlayn savdolar platformasi — GOAT bilan shartnoma 3 yil davomida klubga 50 million yevro daromad keltiradi. Bundan tashqari, "Qatar Airways" bilan hamkorlik orqali jamoa har yili 60-70 mln yevro pul ishlamoqda.

"PSJ" mavsum davomida bir millionta futbolka sotdi. Shundan 60 foizi Messi familiyasi tushirilgan futbolkalarga to‘g‘ri keladi.

O‘yinlarni o‘tkazishdan tushgan daromad esa 132 million yevroga yetdi. Mavsum-2019/20da ushbu daromad 93 mln. yevroni tashkil qilgandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 11:09, 18.05.2022.
O'qildi: 7540 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.