Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Birinchi liga-W musobaqasiga 19 may kuni qur’a tashlanadi

Birinchi liga-W musobaqasiga 19 may kuni qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

Ertaga — 19 may kuni Birinchi liga-W mavsumi uchun qur’a tashlanadi va jarayon O‘zPFL tarmoqlari orqali 11:00 dan boshlab onlayn namoyish etiladi. 

Joriy mavsumda ham Oliy liga yo‘llanmasi uchun 5 ta jamoa kurash olib boradi: AGMK II, “Buxoro-W”, “Surxon-W”, “Dinamo-W”, “Andijon-W”. Mavsum yakuniga ko‘ra birinchilik g‘olibi Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Reglamentga ko‘ra, agar AGMK-W asosiy jamoasi Oliy ligadagi o‘rnini saqlab qolsa, u holda AGMK II jamoasi har qanday holatda ham elita yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaydi. 

Musobaqa formati o‘zgarishsiz qolgan. Bunda uchrashuvlar navbatda-navbat markazlashgan tartibda 5 ta shaharda o‘tkaziladi: Termiz, Samarqand, Buxoro, Andijon. So‘nggi turga Toshkent mezbonlik qiladi. Qolgan 4 ta shahar ketma-ketligi qur’a yordamida aniqlab olinadi. Shu tariqa jamoalar mavsum yakuniga qadar jami 12 tadan o‘yinda va umumiy 15 ta turda ishtirok etadi. 

Rejaga ko‘ra dastlabki uch tur uchrashuvlari 6-10 iyun kunlari, keyingi uchlik uchrashuvlari esa 23-27 iyun sanalarida bo‘lib o‘tadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:17, 18.05.2022.
O'qildi: 1148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик