Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

O‘FAda FIFA texnik konsultanti Darsadze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘FAda FIFA texnik konsultanti Darsadze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘FA qoshidagi futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida OFKning «PRO» diplomi bo‘yicha modul darslari bo‘lib o‘tdi. Modul davomida FIFA texnik konsultanti, taniqli mutaxassis Gayoz Darsadze 23 nafar murabbiyga amaliy va nazariy ko‘nikmalarini berib bordi.

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida mazkur kurslarning yakuni va murabbiylar ta’limi borasidagi keyingi rejalar muhokama qilindi. Suhbat avvalida kurslarda ta’lim olgan yosh murabbiylarimizning salohiyati haqida so‘z bordi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov futbol kundan kunga rivojlanib borayotgani, o‘z ustida ishlaydigan, doimiy ravishda bilimini oshirib boradigan, zamonaviy talablarga javob beradigan mutaxassis-kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash muhim vazifa ekanini ta’kidlab o‘tdi. Jismoniy va texnik tayyorgarlik murakkab jarayon ekanligi, bu yo‘nalishlarga ilmiy yondashuv zarurligini qo‘shimcha qildi.

Suhbat davomida bugungi futbolda texnik direktorlarning o‘rni haqida ham so‘z bordi. Yosh futbolchilarning o‘sib borishi va rivojlanishini doimiy monitoring qilish yuzasidan bir qator masalalar muhokama qilindi. Akademiyalardagi ta’lim va mashg‘ulotlar bevosita texnik direktorlar nazorati ostida ekanligi, barcha jarayonlarni tashkil etishda bu mutaxassislarning bilim va saviyasi muhim ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish, barcha yosh toifasidagi futbolchilarni yagona elektron bazasini shakllantirish, ommaviy futbol bilan shug‘ullanuvchilar sonini oshirish yuzasidan fikr almashildi. Gayoz Darsadze xalqaro andozalar asosidagi namunali akademiyalarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, ayollar futbolimizda o‘sish kuzatilayotgani, avvalgi tashrifidan so‘ng bu yo‘nalishda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganini qo‘shimcha qildi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida FIFA texnik konsultanti Gayoz Darsadze bir qator yo‘nalishlar yuzasidan o‘z takliflarini berdi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:19, 19.05.2022.
O'qildi: 1033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик