"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoani tekinga tark etadigan himoyachilar Antonio Ryudiger va Andreas Kristensenning o‘rniga asosiy nomzodlar haqida allaqachon qarorga kelganini aytdi.
«Bizda bu borada variantlar bor, lekin hozircha harakat qila olmaymiz. Siz sabrli bo‘lishingiz kerak.
Men klubning asosiy o‘yinchilarni yo‘qotishni istamasdim, lekin shunday bo‘ldi, hech narsa qilib bo‘lmaydi», - deydi Tuxel matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi"ga o‘tishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida Jyul Kunde, Yoshko Gvardiola, UYEsli Fofana, Pau Torres va Presnel Kimpembe nomlari bor.