Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

“Real” uchun o‘z sog‘lig‘idan kechgan afsona: Benzema nega har doim qo‘lini bog‘lab yuradi?

“Real” uchun o‘z sog‘lig‘idan kechgan afsona: Benzema nega har doim qo‘lini bog‘lab yuradi?

Baho:
+ | -

Karim Benzema hozircha Chempionlar Ligasining joriy mavsumi asosiy yulduzi hisoblanadi. Fransiyalik juda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda va biz qo‘rqmay ayta olamizki, "Real" Karimsiz YECHL finaliga, hamda La Ligada chempionlikni qo‘lga kirita olmasdi.

Benzema Chempionlar ligasining ushbu mavsumida 11 o‘yinida 15 ta gol urishni uddaladi. Karim shulardan 9 tasini pley-off o‘yinlaridagi 6 ta bahsda kiritdi. "Real Madrid" avvaliga Messi, Neymar va Mbappe kabi top futbolchilari bor “PSJ”ni, keyin esa amaldagi turnir g‘olibi "Chelsi"ni, yarim finalda esa o‘tgan yilgi finalchi "Manchester Siti"ni mag‘lub etdi va mazkur turnir finaliga yo‘l oldi.

Faoliyatining ko‘p qismini Ronalduning soyasida o‘tkazgan fransuz, nihoyat, jahon yulduzi maqomini o‘ziniki qila oldi. Ko‘plab jurnalist va muxlislarning e’tirof etishicha, Benzema ushbu mavsum “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkin. Shuning uchun futbolchiga hozirda tobora ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.

Nafaqat “Real” muxlislari, balki futbolga bee’tibor bo‘lmagan charm to‘p ihlosmandlari borki, Benzema har bir o‘yinda qo‘lini oq bint bilan bog‘lab yurishini bilishadi. Mana 3 yildirki, Karim ushbu odatini hech kanda qilmaydi. Ammo ko‘pchilik buning asl sababini bilishmaydi. Xo‘sh, Benzema nima uchun qo‘lini bog‘lab yuradi? Bu shunchaki imijmi yoki boshqa sababi bormi?

Benzema 2019 yilning yanvar oyidan buyon har bir uchrashuvda qo‘lini bog‘lab maydonga tushadi. Aslida, buning sababi futbolchining qo‘lidan olgan jarohatidir. U La Liga o‘yinlarining birida "Betis" himoyachisi Mark Bartra bilan to‘qnashib ketdi va barmog‘ini sindirib oldi. Karim zudlik bilan shifoxonaga olib borildi. Shifokorlarning dastlabki xulosasi shu bo‘ldi - operasiya qilish kerak.

"Avvaliga kimdir barmog‘imni tosh bilan urayotgandek, keyin esa xuddi uni kesib tashlayotgandek his qildim", - deb eslaydi hujumchi. "Operasiyadan keyin klub shifokori hammasi yaxshi bo‘lishini aytdi, lekin menda biroz shubha bor edi".

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, operasiyaning oqibatlarini oldindan aytib bo‘lmaydi va Karimning tiklanishiga ikki oyga vaqt kerak edi. Forvard amerikalik shifokorlar bilan operasiyasiz davolash mumkinmi, deb maslahatlashdi, ammo salbiy javob oldi.

O‘shanda "Real"ning na La Ligadagi, na Chempionlar ligasidagi ishlari yaxshi emas, klub safida Benzemadan boshqa aytarli hujumchi yo‘q edi (hozir ham shunday). Shuning uchun Karim operasiyani boshqa sanaga qoldirishga qaror qildi.

2019 yilning yozida Benzema operasiya qilindi, ammo yangi mavsumgacha tezroq safga qaytishga harakat qildi bo‘ldi va mashg‘ulotlarning birida yana o‘sha kichik barmog‘ini jarohatlab oldi. Vaqtni boy bermaslik uchun Karim ikkinchi operasiyadan bosh tortdi. 2020 yilda Benzema Fransiya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatiga yo‘l oldi, shu sabab yana ikkinchi operasiyani qoldirildi.

Operasiya qilish uchun boshqa vaqt yo‘q edi. "Real Madrid" bugungi kungacha Benzemasiz hech bir natijaga erisha olmaydi. Buni Karim ham, “qaymoqranglilar” rahbariyati ham yaxshi biladi. Benzema tom ma’noda jamoaga yordam berish uchun o‘z sog‘lig‘ini qurbon qildi.

Benzema hozir ham kichik jarohat bilan o‘ynamoqda. U singan barmog‘ini tibbiy braket bilan mustahkamlagan. Oddiy hayotda Karim ushbu “yordamchi”siz yuradi va uning ijtimoiy tarmoqlaridagi suratlari orqali kichkina barmog‘i qanday ko‘rinishda ekanligini ko‘rishingiz mumkin.

Madriddagi nufuzli klinikalaridan birining shifokori Marca nashriga bergan intervyusida to‘liq tafsilotlarni aytib berdi: “barmoq uchun gips yasash va uni qo‘lga mustahkamlash uchun 20 daqiqa vaqt ketadi. Uning narxi taxminan 40 yevro”.

Benzemaning qarori qandaydir g‘alati bo‘lishi mumkin. Ammo,  Karim bu jarohatni olgan paytdan boshlab faoliyatidagi eng yaxshi davrni o‘tkazmoqda. Ushbu mavsum yakunida fransiyalik futbolchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazish va tiklanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Sababi, 2022 yilning yozida xalqaro musobaqalar o‘tkazilmaydi. Faqatgina, qishga kelibgina, Qatar maydonlarida jahon chempionati boshlanadi. Demak, kelasi mavsumda Benzemani qo‘lidagi bintsiz ko‘rishimiz mumkin. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, bu allaqachon Karim uchun imijga aylanib ulgurgan.

Jamshidbek Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:43, 20.05.2022.
O'qildi: 13235 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.