Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Yil transferi! Ha, ha, Mbappe ertagi yakunlanlanishiga oz fursat qoldi

Yil transferi! Ha, ha, Mbappe ertagi yakunlanlanishiga oz fursat qoldi

Baho:
+ | -1

Kilian Mbappe dunyodagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik 160 mln yevroga baholangan.23 yoshli hujumchi joriy mavsumda "PSJ" safida barcha turnirlardoirasidagi 44ta uchrashuvda qatnashib, 36ta gol va 21 golga assistentlik qildi. Umuman olganda, Kilian joriy mavsumda 71 golda ishtirok etdi. Hujumchi XXI asrda o‘ynagan barcha fransuz futbolchilari orasidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. U 2002/2003 yilgi mavsumda gol+pas tizimi bo‘yicha klub va milliy terma jamoa safida 68 ochko to‘plagan "Arsenal"ning sobiq hujumchisi Tyerri Anrining natijasini yangiladi.

Mbappe shu yozda Parijni tark etib, “Real” bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Futbolchining mavsumdagi maoshi soliqlardan tashqari 25 mln yevroni tashkil qiladi (soliq bilan qo‘shib hisoblasa, 50 mln yevro). Shuningdek, klub bilan shartnoma imzolagani uchun yana 100 million bonus oladi. Agar barchasi amalga oshsa, Mbappe "Real Madrid"ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi. Hozirda madridliklar tarkibida Eden Azar eng ko‘p maosh oladi – 1 mavsumga 14,5 million yevro.

"PSJ" Mbappeni jamoada saqlab qolish borasida umidini uzgan. Fransiya klubining internet-do‘koni hujumchining liboslarini sotish to‘xtatildi. O‘tgan haftada "PSJ" Kilianni olib qolishga ishonchi komil edi va uni ko‘ndirish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qildi. Mbappega katta maosh (mish-mishlarga ko‘ra, oyiga 4,9 million yevro), klub imijdan 100 foizlik daromad, shuningdek, tarkib borasida qarorlar qabul qilishi, murabbiyni tanlash va sardorlik bog‘ichini berishni va’da qildi.

Ammo “PSJ”ning barcha urinishlari besamar ketdi. Klub hozirda 23 yoshli hujumchini saqlab qolishga harakat ham qilmayapti. Mbappe uchun pul hech qachon hal qiluvchi omil bo‘lmagan. Kilian har doim "Real Madrid"da o‘ynashni istagan.

Mbappe kelajagi haqida kelasi hafta oxirigacha qaror qilib, 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finali oldidan “PSJ”ni tark etishini e’lon qilishi taxmin qilinmoqda. 21 may kuni Parij klubi Liga 1 musobaqasidagi so‘nggi tur uchrashuvini o‘tkazadi. Unda klub o‘z maydonida “Mes”ni qabul qiladi. Katta ehtimol bilan bu o‘yin fransiyalik futbolchi uchun parijliklar tarkibidagi oxirgi uchrashuv bo‘lishi mumkin. "Real Madrid" Mbappe transferini "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi finalidan so‘ng e’lon qilishi kutilmoqda.

Mbappe "Real"ga erkin agent sifatida o‘tadi. Klub futbolchiga birgina imzosi uchun katta pul taklif qilmoqda, lekin nima bo‘lgan taqdirda ham dunyodagi eng qimmat o‘yinchisi Madrid klubiga tekinga o‘tadi. 2009 yilda "Real Madrid" Krishtianu Ronaldu va Karim Benzemani jami 129 million yevro evaziga sotib oldi. Bu transferlar to‘liq o‘z samarasini bergan. Ronaldu (450) va Benzema (323) klub tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Shuningdek, portugaliyalik va fransiyalik sheriklarining gol urishi uchun ham ko‘p imkoniyat yaratib bergan: Benzema – 159 assist, Ronaldu – 131 assist.

Agar, Mbappe Madridda uzoq qoladigan bo‘lsa, “Real”ning ikki asosiy goleadorlarining statistikasidan o‘zib ketishi aniq. Yosh hujumchida klubning ramziga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bu transferga "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti quyidagicha fikr bildirdi:

“Menimcha, klubning kelajagi borasida qaror qabul qilingan. “Real” prezidenti hammasini oldindan rejalashtirib qo‘ygan. Bu Mbappening "Real"ga o‘tishini anglatadimi? Men bu haqida hali gapirmadim”, - deydi Anchelotti transferga ishora qilib.

Shuningdek, "Real Madrid"ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello shunday dedi:

“Mbappening transferi haqida ko‘p gapirilmoqda, ammo bu amalga oshadigan bo‘lsa, bu albatta, “Real” bo‘ladi. Mbappe yosh va juda iqtidorli, o‘z yoshida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Kilian ko‘p yillar davomida "Real Madrid"ning asosiy futbolchisi bo‘lishiga ishonchim komil. Benzema va Mbappe tandemi bir necha yillar davomida muxlislarni xursand qilishi tayin”.

Yilning eng shov-shuvli transferi haqidagi e’lon qilinishiga oz fursat qolmoqda. L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, Kilian faoliyatini davom ettiradigan klub nomini yakshanba, 22-may kuni rasman e’lon qiladi. Bu Telefoot nashri orqali translyasiyasi qilinishi aytilgan. Mbappeni keyingi mavsumda "Real"da ko‘rish juda qiziq bo‘ladi. 34 yoshli Benzema katta ehtimol bu yil "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi va bu Kilian uchun haqiqiy motivasiya bo‘lishi tayin.

Manba: Championat.com
Kiritildi: 21:59, 20.05.2022.
O'qildi: 7031 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.