Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Mbappesiz hayot to‘xtab qolmaydi, Peresning endi aldanib qolish niyati yo‘q!

Mbappesiz hayot to‘xtab qolmaydi, Peresning endi aldanib qolish niyati yo‘q!

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Kilian Mbappening uzoq kutilgan transferini amalga oshirishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ko‘pchilik endi klubni ruhiy tomondan qiyin ahvolga tushib qolishini taxmin qilmoqda. Biroq rahbariyatning fikri boshqa va bu yozda dahshatli rejimga kirishni reja qilgan.

«Real Madrid»ning asosiy insayderlaridan biri Ramon Alvaresning fikricha, eng muhimi, muzokaralarga yondashuv ham o‘zgargan: «Real Madrid» endi o‘zi uchun xulosaga keldi. Istalgan futbolchi bilan bo‘ladigan dastlabki kelishuvlar kelajak uchun kafolat bermasligi mumkin.
Bundan buyon har bir top-futbolchiga yakuniy shartnoma imzolash uchun qat’iy sharoitda ma’lum muddat beriladi – aks holda «Real» muzokaralardan voz kechishni maqsad qilgan. Bu, ayniqsa, erkin agentlar uchun to‘g‘ri keladi. Klub, shuningdek, faoliyatida oilasining ta’siri katta bo‘lgan futbolchilardan uzoqlashadi. «Real Madrid» mutasaddilarining fikricha, aynan Kilianning oilasi uning taqdirini naqd qilgan. Shuning uchun Florentino Peres Mbappening rad javobiga quyidagicha munosabat bildirdi: «Rahbariyat sening orzularingni yo‘q qildi».

Mbapppe bunga yagona misol emas. Xolandlar oilasi, shuningdek, Erling «Real»ga o‘tishga qaror qilgan taqdirda ham, uning tovon puli 170 million yevrodan oshmasligini ta’kidlagan. Klub bir necha yildan so‘ng uning yana boshqa jamoaga o‘tishi va yaxshiroq shartnomaga imzo qo‘yishidan bonus olish uchun bu zarurligini tushundi. Muhimi, Madrid rahbariyati Mbappening «PSJ»da qolishga qaror qilganini katta muammo deb hisoblamaydilar. Klub futbolchi va uning oilasi qo‘llagan yo‘l va yondashuvdan ancha norozi: jamoa ularni «Real Madrid»dan o‘z maqsadlari uchun foydalanishgan deb hisoblaydi. Peres esa bunga qarshi jiddiy kurashmoqchi.

Bu yozda katta ehtimol «Real» jamoaga super yulduzlarlarni jalb qilmaydi. Avvaliga «Real Madrid» Mbappeni Erling Xoland bilan birga olib kelishni rejalashtirgandi - ammo Karim Benzemaning kuchli formasi tufayli jamoa norvegiyalik futbolchi transferidan voz kechishga majbur bo‘ldi. «Man Siti» esa bundan o‘z vaqtida foydalanib qoldi va Xolandni «Borussiya»da yana bir yil umidsiz qolmasligiga yordam berdi.

• Mbappe rejasi ish bermadi. Endi «Real Madrid» o‘z o‘yinchilariga e’tibor qaratishga majbur: Kilianning rad javobidan so‘ng, Marca klubning Rodrigo bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida birinchi xabarni tarqatdi. Anchelottining fikricha, Rodrigo hali maksimal darajaga chiqmagan va tez orada jahon darajasidagi futbolchiga aylanishi mumkin. Zero, rahbariyat bunga ishonadi.

«Real»ning ustuvor vazifasi Vinisius bilan shartnomani uzaytirishdir. Klub braziliyalikning fidoyiligi va mehnatsevarligidan hayratda, u ajoyib mavsumni o‘tkazdi va maoshining oshirilishiga loyiq. Vini kelasi mavsum ham Madridda o‘ynashga tayyor ekanligini aytdi, ammo «Real Madrid» unga yiliga 10 million berib, tovon pulini bir milliard yevro qilib belgilashni reja qilmoqda.

• Garet Beyl va Marselo yozda klubdan ketadi, chunki ularning katta maoshlari tarkibni kuchaytirishga sarflanadi. Klub hamon Eden Azar, Luka Yovich va Marianoni chetga qo‘yib yuborishni orzu qilmoqda. Ularning o‘rnini yoshlar bilan to‘ldirish reja qilingan. «Benfika»dan Darvin Nunyes, «Milan» yulduzi Rafael Leau va «Leypsig»dan Kristofer Nkunku kabi iste’dodlar «Real»ning short-listidan o‘rin olgan.

• Hozircha Robert Levandovski va Xarri Keynni sotib olish rejasi ko‘rilmayapti.

Endi «Real»ning asosiy maqsadi - «Monako»dan Tchuamenini xarid qilishdir. Ryudiger masalasi allaqachon hal qilingan. Bir hafta oldin «Monako» futbolchisi Aureliyen Tchuameni «Liverpul»ning rejalariga kiritilgan edi va Fabinyoga raqobatbardosh sifatida ko‘rilayotgan edi. Mbappe bilan bo‘lgan muvaffaqiyatsizlik esa hammasini o‘zgartirdi: Endi «Real Madrid» bu borada keskin o‘sib ketdi va Tchuamenini o‘ziga borgan sari tortib olmoqda, chunki fransiyalik futbolchi «Real»ga muxlislik qiladi va doim Madridda o‘ynashni xohlagan.

Marca xabariga ko‘ra, shuningdek, jamoa Eduardo Kamavinga bilan o‘zaro bitimni uzaytirish haqida o‘ylamoqda. Anchelotti bu mavsumda uning zaxira o‘rindig‘ida bo‘lishiga qaramay kelasi mavsum ko‘p o‘yin o‘tkazishiga ishonadi. Biroq «Monako» Eduardo uchun 80 million so‘ragan, ammo «Real»ning talabi 65 million bo‘lib turibdi. Kelishuv shu haftaning boshida e’lon qilinishi mumkin.

• Ryudiger haqida unutmaslik kerak. Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, klub Antonio bilan 2026 yil iyungacha shartnoma borasida anchadan beri kelishib olgan. Rasmiy transfer Chempionlar ligasi finalidan so‘ng e’lon qilinadi.

Kiritildi: 06:09, 26.05.2022.
O'qildi: 9005 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.