Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Bugungi YECHL finalini kim sharhlaydi?

Bugungi YECHL finalini kim sharhlaydi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Bugungi finalni taniqli jurnalist Orif Tolipov sharhlab boradi.

2017 yil yozida eshitganim Davron Fayziyevning – bugun sharhga kiramiz, tayyorlan – degan so‘zlari shubhasiz, hayotimdagi burilish nuqtalaridan biri. Davron akam birinchi sharhga shunday yengil olib kirgan. Ya’ni, hayojondan o‘z-o‘zimni yeb qo‘ymasligim uchun bir-necha kun ilgari emas, o‘yin kuni aytgan bu xabarni. O‘sha vaqtdandan boshlab asta-sekin sharh degan bu olamni ichidan bilib, his qila boshladim.

Futbol – go‘zal! U sharhsiz ham odamga zavq bera oladi. Sharhlovchining minimum vazifasi shu go‘zallikni buzib qo‘ymaslik, xalaqit qilmaslik, maksimum uni boyitish. Boyitish – ustozlarimizning yo‘li. O‘zbek sharhlovchiligining darg‘asi Axbor Imomxo‘jayev, ustozlarimizning ustozi rahmatli Davlat Turdialiyev yoki muxlislar sog‘inadigan Mirzahakim To‘xtamirzayev. Faoliyatini davom ettirayotganlardan Xayrulla Hamidov yoki Davron Fayziyev o‘sha tasnifda. Mening yoki men qatori sharhga kirib kelgan barchaning maqsadi o‘sha darajaga yetish.

O‘zimdan gapirsam – nuqsonim bisyor. Tanqidchilarning birinchisi o‘zim. Ko‘rolmaydigan xatolarimni yaqinlarim doim aytib kelishgan. Fikrlariga qo‘shilmay bahs qilgan, inobatga olib xatolarimni to‘g‘rilashga uringan paytlar bo‘ladi. Tarmoqni ham kuzatib boraman. Adekvat tanqidlar doim bosh ustiga bo‘lgan, bundan keyin ham shunday! (Haqorat va mazah mustasno). Ba’zi o‘yinlardan so‘ng sharh xonasidan chiqiboq Davron akamga qo‘ng‘iroq qilgan kezlarim bo‘ladi: ko‘rdingizmi, eshitdingizmi? Mana bu joyda o‘xshamadi, nima deysiz? Bungachi, fikringiz qanaqa...

Hali o‘rganadiganlarim haddan ziyod ko‘p. Nasib, o‘rganishdan, to‘g‘rilashdan, tahrirlashdan to‘xtash yo‘q!

Bugun YECHL finali. Uni tajribali hamkasbim Dilshodbek To‘xtabekov bilan birga sharhlaymiz, Xudo xohlasa. Dilshod aka tirik futbol ensiklopediyasi. Sharhidagi temp juda yoqadi menga. (Undan ham ko‘p narsa olishim kerak hali).

Shu ikki qator xabarni Sizlarga aytish uchun gan ancha uzoqdan boshlaganim boisi – mazkur final, mazkur sharh men uchun o‘ta muhim. U qanday o‘tadi – bilmayman. Bilganim – Parijdagi super qarama-qarshilikni buzib qo‘ymaslik uchun borimni beraman!

Siz azizlarni o‘yinni kuzatib borishga, sevimli klubingizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Barchangizga tashakkur!

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 10:06, 28.05.2022.
O'qildi: 5762 marta.
Fikrlar: 81 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.