Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Delegasiyamiz Islom birdamligi o‘yinlarida barcha sport turlarida asosiy tarkib bilan qatnashadi

Delegasiyamiz Islom birdamligi o‘yinlarida barcha sport turlarida asosiy tarkib bilan qatnashadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yil Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tishi kerak bo‘lgan XIX Osiyo o‘yinlari Parij-2024 Olimpiadasidan oldin e’tiborda bo‘lgan eng muhim start edi. Biroq musobaqa Xitoyda avj olgan koronavirus pandemiyasining yana bir to‘lqini sabab noma’lum muddatga kechiktirildi. Shu bois Turkiyaning Ko‘nya shahrida o‘tadigan V Islom birdamligi o‘yinlari muhimlik jihatdan birinchi planga chiqdi.

Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida ushbu kompleks musobaqa tayyorgarligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, federasiya va assosiasiyalar mas’ullari ishtirok etishdi. Dastlab Shahrullo Mahmudov musobaqa tayyorgarligiga katta e’tibor qaratilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Avval Ko‘nyadagi musobaqa uchun zaxira tarkibini yuborishni mo‘ljallayotgan edik. Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari bekor bo‘lgach, endi barcha yo‘nalishlarda asosiy tarkibni jalb qilamiz. Unda Eron, Qozog‘iston, Indoneziya kabi Osiyo davlatlari qatorida Ozarbayjon, Misr, Turkiya kabi boshqa qit’a vakillari ham bo‘lishi, ishtirokchi mamlakatlar geografiyasining kengayishi ba’zi sport turlari uchun bellashuvlar Osiyo o‘yinlaridan ham murakkab o‘tishini anglatadi. Eng muhimi bu Islom birdamligi o‘yinlari Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari oldidan atletlarimizning tayyorgarligini sinovdan o‘tkazib beradi. Undagi ishtirokimiz bilan xalqimiz, Prezidentimiz va hukumatimiz oldida o‘ziga xos imtihondan o‘tamiz. Shu bois bor kuchimizni Ko‘nyadagi musobaqaga yo‘naltiramiz. Buning uchun bugunning o‘zida barchadan yana bir bor ro‘yxatdan o‘tkazilgan tarkibni qayta ko‘rib chiqishingizni so‘rab qolamiz”, – dedi Shahrullo Mahmudov.

Sherzod Tashmatov terma jamoalardan musobaqagacha optimal tarkib bilan yuqori sport formasida yetib borishni so‘radi:

“Barcha sport turlarida xalqaro federasiya taqvimidan o‘rin olgan muhim musobaqalar bor. Islom birdamligi o‘yinlariga yuqori formada yetib borish uchun yakkakurash turlarida iyul oyida o‘tadigan turnirlarga asosiy tarkibni jalb qilmaslik maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Boisi unda atletlarimiz kichik bo‘lsa ham jarohat olgudek bo‘lsalar, avgust oyida bo‘ladigan Islom birdamligi o‘yinlariga to‘liq tiklana olmasliklari mumkin. Rejaga ko‘ra, barcha terma jamoalarimiz iyul oyini to‘laligicha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida o‘tkazishadi. 2017 yil Ozarbayjonda 63 ta medal bilan umumjamoa hisobida to‘rtinchi bo‘lgan edik. Bu yil Turkiyada o‘tadigan ushbu kompleks musobaqada 57 ta davlatdan tashrif buyuradigan atletlar ishtirok etishi kutilmoqda. Biz ham unga katta tarkibni jalb etib, shunga mos ravishda yuqori natija bilan qaytishni maqsad qilganmiz”.

Yig‘ilish davomida har bir federasiya mas’ullari bilan musobaqaga ro‘yxatdan o‘tkazilgan tarkib muhokama qilindi. Sherzod Tashmatov suzish, yengil atletika kabi medallar jamlanmasi ko‘p bo‘lgan turlar delegasiyamizning umumjamoa hisobida yetakchilar qatoriga kirishida o‘ziga xos lokomotiv bo‘lishlari zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilar barcha terma jamoalarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishga sharoit yaratib berilishi, buning uchun mas’ullardan yig‘in manzili va unda qatnashadigan shaxslar soni bo‘yicha aniq ma’lumotlarni tez fursatda taqdim etishlarini so‘rashdi.

Tadbirning ikkinchi yarmi 23 may kuni Prezidentimiz raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga bag‘ishlandi. Unda Sherzod Tashmatov Andijon viloyati misolida taekvondo va dzyudo bo‘yicha tuzilgan ommaviy musobaqalar rejasi bilan tanishtirdi. Shundan kelib chiqqan holda har bir federasiyalarga tuman va shaharlar kesimida ana shunday ommaviy turnirlar rejasini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 06:22, 29.05.2022.
O'qildi: 1252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.