Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bernardeski "Napoli"ga o‘tishi mumkin

Bernardeski "Napoli"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Hujumchi Federiko Bernardeski faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Italiya klubi unga ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Biroq futbolchi neapolliklar jamoasining moliyaviy talablariga rozi bo‘lishga tayyor emas.

Avvalroq, "Yuventus" hujumchi bilan yangi shartnoma imzolash g‘oyasidan voz kechgani ma’lum bo‘lgandi. Endi u yozda erkin agentga aylanadi.

Bernardeski "Yuventus"da 2017 yilning iyulidan beri harakat qilib kelmoqda.

2021/22 yilgi mavsumda hujumchi jamoasi safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:18, 29.05.2022.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик