Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

36 jamoa ishtirokidagi YECHLning yangi formati qanday bo‘ladi?

36 jamoa ishtirokidagi YECHLning yangi formati qanday bo‘ladi?

Baho:
+ | -

UYEFA o‘zgalarning Superliga tuzishini xohlamayapti, shu bois, o‘zinikiga asos soladi. O‘tgan yilning aprelidayoq yevrokuboklarning «Shveysariya tizimi»ga o‘tishi haqida qaror chiqarilgandi: endi musobaqalarda 36tadan jamoa qatnashadi. Ishtirokchilar sonining sezilarli oshirilishi reyting jihatidan yuqori bo‘lmagan chempionatlar vakillariga ham imkoniyat berishga asoslangani ko‘rinib turibdi.

Mazkur holatda, yangi yo‘llanmalar APL jamoalariga berilmaydi, vaholanki, shunday g‘oya ham yo‘q emasdi. Biroq qaror ko‘pchilik tomonidan chiqarilishini inobatga olsak, qo‘shimcha yo‘llanmalardan biri UYEFA reytingidagi beshinchi assosiasiyaning uchinchi jamoasiga topshiriladi. 

Yana bitta o‘rin Chempionlar yo‘li vakillariga ajratiladi - hozirgidek, 4ta yo‘llanma o‘rniga, milliy chempionat g‘oliblari 36ta baxtli jamoalar ro‘yxatida beshta joyga ega bo‘lishadi. Yana ikki o‘rin sohiblari aktual ko‘rsatkichlarga ko‘ra aniqlanadi. O‘tkazilgan mavsum reytingi olinib, uni ishtirokchilar soniga bo‘linadi va hosil bo‘lgan raqam CHLda qo‘shimcha o‘rinlarga ega chiqadigan assosiasiyalarni tanlab olishda yordam beradi. Hozirgi holatda bu Angliya va Niderlandiya bo‘lardi.

Hammasi adolatli - qo‘shimcha yo‘llanmalar joriy mavsumda o‘zini ko‘rsatganlarga ataladi. Shuningdek, yangi yevrokuboklarni, ilgarigidek, hafta o‘rtasida o‘tkazish ko‘zda tutilgan, shunday ekan, milliy ligalar bundan jabr ko‘rmaydi. Yuklamalar ortadi, lekin xavotirli darajada emas. Eng kuchli jamoalar qo‘shimcha ikki uchrashuv o‘tkazishadi.

Chempionlar Ligasi qiyinlashadi

Muhim qaror - guruh bosqichida 10 emas, 8ta o‘yin bo‘ladi. O‘z navbatida, o‘nta yevrokuboklar haftaligi asosidagi taqvim saqlanib qoladi, lekin bu safar uchala yevrokubokka alohida hafta ajratiladi. G‘oya yaxshi - Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasiga qo‘shimcha e’tibor bo‘ladi, zero bu turnirlar ko‘pincha Chempionlar Ligasiga tegishli ikki kun soyasida qolib ketadi.

Endi guruhlar bo‘lmaydi, umumiy liga shakllantiriladi. Mazkur holatda barcha sakkiz raqib turlicha bo‘ladi. Katta ehtimol, 36ta jamoa shartli savatchalarga ajratiladi va 8 raqib koeffisiyentlarga ko‘ra tanlanadi. Keyin esa qur’ani ko‘ramiz, axir har bir klub 35ta raqibdan faqat sakkiztasiga to‘qnash kelishi mumkin. Qolaversa, muayyan raqibga qarshi uy-safar o‘yinlari o‘tkazilmaydi, faqat 4ta o‘yin uyda, 4tasi safarda o‘tadi.

Chempionlar Ligasi umumiy jadvalida chalkashlik kuzatilishi mumkin, syurprizlar ko‘payadi, chunki murakkab qur’a variantlari ortadi. Ta’kidlash joizki, faqatgina 8ta klub «pley-off»ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi, umumiy jadvalda 9-24-o‘rinlarni egallaganlar, ya’ni yana 16a jamoa ikkita o‘yindan iborat (uy-safar tizimida) kvalifikasiya raundida kuch sinashadi. G‘oliblar an’anaviy 1|8 final bosqichiga yo‘l olishadi.

36ta jamoa orasida, 9-o‘rin sohibidan zaifroq bo‘lgan jamoalar bilan o‘yin o‘tkazib, 24-o‘rinni egallagan ishtirokchi ham «pley-off»ga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yangi sxemaning eng adolatsiz jihati, lekin uni milliy assosiasiyalardagi murabbiylar, futbolchilar va mutasaddilar bilan muhokama qilishgan, demakki, Cheferin «Shveysariya tizimi» foydasiga ishlaydigan dalilni topa olgan.

O‘zgarishlar barcha yevrokuboklarga taalluqli

Konferensiyalar Ligasi uchun tanlangan variantda guruh bosqichida 6ta turli klublarga qarshi 6ta o‘yin o‘tkaziladi. Keyinchalik avvalgi holat takrorlanadi - «pley-off»ga 8ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma, yana 8ta chipta «yutqazgan chiqadi» uslubida o‘ynaladi. CHL «pley-off» bosqichi ko‘rsatganidek, safarda urilgan gollar qoidasi bekor qilingach, penaltilar seriyasi normaga aylanmadi. Umid qilamizki, shuncha o‘zgarishlarning paydo bo‘lishi yevrokuboklarga yanada qizg‘inlik baxsh etadi.

O‘yinlar sonining oshirilishidan yagona maqsad ko‘zlangani tushunarli - ko‘proq pul ishlash. Ammo bu majburiy chora, zero transfer summalari juda katta, televizion shartnomalar hattoki, «Barselona» singari yirik klublar kreditlarini yopishga ham ulgurmayapti. Natijada, jamoalar hech vaqosiz qolmoqda. Yangi tizimda esa to‘rttadan uy va safar uchrashuvlariga ega bo‘lishadi, ularda 8ta turli raqiblarga duch kelishadi, bu ham yo‘lni qiyinlashtirib, ko‘proq daromad orttirish imkonini beradi.

G‘oya ish berishi mumkin, garchi avvaliga formatning murakkabligi ko‘pchilikni cho‘chitsa ham. Ammo vaqt o‘tgani sari ko‘nikishadi, xuddi Yevro 24 ishtirokchi bilan o‘tishiga moslashishgani singari. Yo‘llanmalar ko‘paygani turnirni kuchsizlantirmadi, uni zerikarli qilmadi va bugun gapirganimiz navbatdagi finalda ham anshlag kuzatilishi turgan gap. Ko‘plab o‘yinlarga ega va qo‘shimcha raundga ega Chempionlar Ligasi ommaga yoqishi, qo‘shimchasiga, yangi fanatlarni jalb etishi mumkin.

Muayyan sport turi mashhurligini saqlab qolishni istasa, unda oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan narsalarning ko‘payishi, dinamikasi yuqori bo‘lishi talab etiladi. Peresning aytishicha, bolalar Chempionlar Ligasini tomosha qilmay qo‘yishgan, yagona jadvalga ega yangi formatni esa yangi auditoriya uchun reklama qilish mumkin. Demak, «Yuventus», «MYU», «PSJ» va «Liverpul» darajasidagi jamoa­larda hamma narsa ro‘y berishi mumkin bo‘lgan dastlabki «pley-off» raundiga kirish imkoniyati mavjud. Endi barcha 8 uchrashuv qadrli bo‘ladi, zero vaziyatni o‘nglash uchun ikkinchi imkon bo‘lmaydi.

Shuningdek, Cheferin Chempionlar Ligasiga «to‘rtlik finali»ni tatbiq etish xususida gapirdi, ammo bu yo‘nalishda hozircha qaror chiqarilmadi. Futbol rivojlanishda davom etadi - italiyaliklarning murabbiylarga takroriy vaziyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha murojaat etish huquqini berishlari mumkinligi adolatdan va yevrokuboklarning yangi formati ham yangi strategiyaga mos tushadi. Daromad faqat top ligalarga tegmasligi uchun ko‘proq klublarni jalb etishmoqchi. Toza o‘yin vaqti singari FIFA darajasidagi mardonavor g‘oyalarni sinovdan o‘tkazishmoqda, UYEFAdagilar esa uchta yevrokubokni yanada ommaviylashtirish niyatidalar. Mamnun klublar soni ortishi aniq - ayrim assosiasiyalarning guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olishlari ham ijobiy jihat.

"Interfutbol" gazetasidan olindi.

Kiritildi: 16:00, 29.05.2022.
O'qildi: 5323 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.