Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Shahboz Erkinov: «Shaxsan menga «Andijon»ning g‘alabasi juda muhim»

Shahboz Erkinov: «Shaxsan menga «Andijon»ning g‘alabasi juda muhim»

Baho:
+ | -

"Andijon" hujumchisi Shahboz Erkinov klubning may oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlanganidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganingiz bilan tabriklayman. O‘tgan oydagi natijalar borasida nima deya olasiz?
— Eng asosiysi, omadli keldi. Omadga yarasha o‘zimiz ham harakat qildik. Qolaversa, Xudo ham barakasini berdi. Muxlislarga alohida rahmat. Ishqibozlarimiz – bizning yarim kuchimiz. Menga ovoz bergan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman. Bu yerda kim eng yaxshisi bo‘lgani emas, muhimi, jamoaning yutug‘idir. Yutaversak, bosqichma-bosqich oldimizga qo‘yilgan vazifaga erishamiz. Shaxsan menga “Andijon”ning g‘alabasi juda muhim. Bu yerga vazifani bajarish uchun kelganmiz. Bunaqangi muxlislarga Superligada albatta jamoa bo‘lishi shart-da!

— May oyida gollar urdingiz va golli paslarni ham amalga oshirdingiz. Shulardan kelib chiqib, eng yaxshi futbolchi bo‘lishingizni o‘ylaganmidingiz?
— Kutmaganman desam ham bo‘lmaydi. Mening ishim shunaqa-ku. Hujumchining vazifasi gol urish, jamoasiga foyda keltirish. Biz “Andijon”ga yordam berish uchun kelganmiz. Xudoga shukr, yuzimiz yorug‘ bo‘lyapti. Ammo har doim siz o‘ylagan narsa o‘xshayvermaydi. May oyida o‘xshadi. Xudo nasib qilsa, yil davomida barcha o‘ylaganlarimiz o‘xshasin deyman.

— Doimiy ravishda elitada to‘p surgan futbolchi sifatida ilk bor pro ligada o‘ynayapsiz va daraja qanday?
— Oldinlari faqat televizorda ko‘rardim va eshitardim. Ammo o‘zimda his qilib ko‘rmagandim. To‘g‘risi, pro liganing saviyasini ancha past deb o‘ylardim. Biroq o‘zim bu yerga kelib o‘ynab ko‘rganimdan keyin fikrim o‘zgardi. To‘g‘ri, Superliga mavqeida emas. Biroq men o‘ylaganchalik past emas ekan. O‘yinlar juda qiyin o‘tyapti. Ayniqsa, raqobatchilar bilan o‘ynaganda oson emas. Maksimal darajada ikki barobar kuch ishlatishga to‘g‘ri keldi. 4 ta o‘yinda 10 ochko oldik.

— Futbolchilik faoliyatingiz mobaynida mana shunday shaxsiy sovrinlarga ega bo‘lganmisiz yoki bu birinchisi bo‘ldimi?
— Yana qayerda o‘tkaziladi? Boshqa klublarda oyning eng yaxshi futbolchisi uchun so‘rovnoma o‘tkazilmasa ham kerak. Superligada oy laureatlari o‘tkaziladi. “Andijon”da muxlislar o‘rtasida ovoz berish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. Boshqa jamoalarda ko‘rmaganman. Ilgari Krasniskiy klubiga a’zo bo‘lganman, 100 ta gol urib. 2016 yili “Nasaf”da edim, o‘shanda adashmasam 100-golimni safarda “Qo‘qon-1912”ga urganman. Darvoqe, “Navbahor”da o‘ynaganimda 2014 yoki 2015 yili muxlislar menga mavsumning eng yaxshi futbolchisi degan alohida sovg‘a berishgandi.

— Eng yaxshi o‘yinchi bo‘lgach, bunday e’tibor sizga qanday mas’uliyat yuklaydi?
— Bu meni xursand qiladi. Harakatlarimiz zoye ketmayotgani, muxlislarning e’tirofi, bularning barchasi bizga kuch beradi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:11, 04.06.2022.
O'qildi: 1819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик