Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

«Oltin to‘p»ni Karim Benzemaga berishga shoshilmang! Uni bu yo‘lda mag‘lub etishi mumkin bo‘lgan yana beshta futbolchi bor. Xo‘sh, ular kim?

«Oltin to‘p»ni Karim Benzemaga berishga shoshilmang! Uni bu yo‘lda mag‘lub etishi mumkin bo‘lgan yana beshta futbolchi bor. Xo‘sh, ular kim?

Baho:
+1 | -1

Voqealar rivojiga ko‘ra Benzema mavsum boshidayoq ko‘plab muxlislar tomonidan «Oltin to‘p»ga loyiq ko‘rila boshlagan edi. Uning sermahsul o‘yinlari sabab «Real» bugungi muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Aks holda, Karlo Anchelotti jamoasi mutlaqo boshqacha mavsum o‘tkazgan bo‘lishi mumkin edi. Biroq, Benzema sabab hammasi hozirgi ko‘rinishga keldi. U «Real»ni imkonsizdek ko‘ringan vaziyatlardan olib chiqib keta oldi. Shunga qaramay, «Oltin to‘p» borasida hali hech narsa ma’lum emas. Biz esa bu borada Benzemaga raqobat qilmoqchi bo‘lgan beshta futbolchini keltirib o‘tamiz.

Sadio Mane

Mane qishda terma jamoasi safida Afrika chempionligiga erishgandi. U shuningdek, o‘z jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqdi. «Liverpul» safida esa Angliya kubogi hamda liga kubogiga ega chiqdi. Yurgen Klopp jamoasi har bir frontda fantastik harakat qildi. Bunda esa Mane ham jonbozlik ko‘rsatdi. Senegallik hujumchi mavsum davomida jami 43 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta golga mualliflik qilgan. Shu sababli uni da’vogarlar safiga qo‘shdik.

Kevin De Bryuyne

Shubhasiz, «Manchester Siti»ning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq inson Kevin edi. Yakunda esa shunday ham bo‘ldi. Pep Gvardiola jamoasining eng kreativ futbolchisi aynan belgiyalik hisoblanadi. Ammo yarim himoyachi bu bilan cheklanib qolmagan. U gol urishni ham yaxshi biladi va yaxshi ko‘radi. De Bryuyne jamoasi Angliya chempionligini yana bir bor qo‘lga kiritdi. Ammo YECHLda «Real» to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Biroq, De Bryuyne o‘z an’analariga sodiq qolgan holda doimgidek o‘ynashda davom etdi. Uning hisobida mavsum davomida 17 ta gol hamda 13 ta assist bor edi.

Robert Levandovski

Levandovskiga kelganda 2020 yilgi «Oltin to‘p» topshirish marosimi koronavirus sababli bekor qilingan edi. Ammo o‘sha yili polshalik hujumchi fenomenal o‘yin ko‘rsatgan edi. Ha, «Bavariya» YECHLda kutilmagands «Vilyarreal» bilan bahsda qoqildi. Biroq, Bundesligani qo‘lga kiritdi. Boz ustiga, Levandovskining bu mavsumdagi natijalari ham har doimgidek zo‘r. 33 yoshli hujumchi 43 ta o‘yinda jami 50 ga yaqin gol urishga erishdi. Bu esa uni «Oltin to‘p» borasidagi imkoniyatlarini yaxshilaydi.

Kilian Mbappe

Fransuz futbolchisi uchun bu mavsum ham individual yo‘nalishda yaxshi kechdi. Ammo «PSJ» faqatgina Fransiya chempionatida zafar qucha oldi, xolos. Mbappe darajasidagi futbolchi esa bundan ham ko‘prog‘iga loyiq edi. Biroq u o‘z o‘yinini ko‘rsatishda davom etmoqda. 23 yoshli futbolchining statistikasi uni «Oltin to‘p»ga bemalol da’vo qilishini ta’minlaydi. U shuningdek, Qatardagi Jahon chempionatining ham eng katta yulduzlaridan biri bo‘lishi tayin.

Muhammad Saloh

Muhammadda ham ayni damda Manedagiga o‘xshash holat kuzatilmoqda. Ajoyib mavsum, ajoyib natijalar va ajoyib sport formasi. Ammo «Liverpul»ning sovrin yutish borasidagi ishlari yaxshilanmay qoldi. Saloh mavsumni 33 ta gol hamda 15 ta assist bilan yakunlagan edi. Finalda mag‘lub bo‘lganiga qaramasdan, Saloh Karim Benzemaga eng kuchli raqobat qiladigan nomzod bo‘lishi kutiladi. Harxolda, u Angliyada eng yaxshi to‘purar bo‘la oldi.

 


ISMATOV J.

Manba: sportkeeda.com
Kiritildi: 17:10, 05.06.2022.
O'qildi: 18585 marta.
Fikrlar: 132 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик