Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Rafael Nadal Rolan Garrosdagi g‘alabasi evaziga qancha mukofot olgani ma’lum bo‘ldi

Rafael Nadal Rolan Garrosdagi g‘alabasi evaziga qancha mukofot olgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Rafael Nadal Rolan Garros musobaqasidagi g‘alabasi uchun 2,4 million dollar mukofot oldi.

Uning butun mavsumdagi umumiy mukofot jamg‘armasi hozirda 5,7 millionni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Nadal ATP yetakchisiga aylandi. Umuman olganda, joriy mavsumda Iga Shventek tennis bo‘yicha eng ko‘p daromad qilgan sportchi hisoblanadi. Uning daromad miqdori 6,4 million dollarni tashkil etadi.

Undan tashqari Nadalning butun faoliyati davomida erishgan daromadi 130,7 million dollarni tashkil etdi. Bu borada u 130,6 million dollar jamg‘argan Rojer Federerni ortda qoldirdi. Faqatgina Novak Jokovich ulardan oldinda. Serbiyalik tennischi 156,1 million dollar daromad qilgan.

To‘rtinchi o‘rinda ketayotgan Endi Marrey esa 62,7 million dollarga ega.

Eslatib o‘tamiz, Rafael Nadal Parij shahrida o‘tkazilgan tennis bo‘yicha Rolan Garros—2022 musobaqasi finalida Kasper Ruud ustidan g‘alaba qozondi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:10, 06.06.2022.
O'qildi: 2683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик