Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

APL. Kuchli oltilikning «kuchli oltiligi». Ular bu nomga qanchalik munosib edi?

APL. Kuchli oltilikning «kuchli oltiligi». Ular bu nomga qanchalik munosib edi?

Baho:
+ | -

Yana bir Premyer-liga mavsumi ortda qoldi. 2021-22 yilgi davrda kutganimizdan ham ko‘p narsalar yuz berdi. Mavsum so‘ngida taqdirlash marosimlari o‘tkazildi va hamma o‘zining xizmatlariga yarasha nasibasini oldi. Angliyaning kuchli oltita jamoasi ham mavsum futbolchisi nomiga sazovar bo‘lgan o‘yinchilarni ma’lum qildi. Quyida esa aynan mana shu mavzuda gap boradi. Xo‘sh, oltita klubning eng yaxshi futbolchisi kimlar bo‘ldi va ular bu nomga qanchalik loyiq?

Kevin De Bryuyne – «Manchester Siti»

Keling, avvalo eng katta va chempion jamoadan boshlasak. Ha, Kevinning eng yaxshi futbolchi bo‘lishini taxmin qilish mumkin edi. U mavsumda o‘z jamoasini oltinchi APL tituliga erishtira oldi. Belgiyalik barcha musobaqalarda 19 ta gol hamda 13 ta assistga mualliflik qildi. Unga ovoz berganlar, futbolchining qanchalik muhim gollar urganini ham hisobga olgan. Haqiqatdan ham u «Liverpul», «Chelsi» hamda «MYU» bilan o‘yinlarda tabloga o‘z ismini yozdirib qo‘ya olgandi. Aynan mana shu omil sababli ham B.Silva, Maxrez yoki Kanselu emas, balki De Bryuyne tanlangan.

Muhammad Saloh – «Liverpul»

Bu yerda ham ortiqcha o‘ylanishga hojat yo‘q. Negaki, Saloh APL mavsumining to‘purarlar hamda assistenlar ro‘yxatida yetakchi edi. Misr terma jamoasi a’zosi mavsum o‘yinchisi bo‘lib qolmasdan, bir nechta individual sovrinlarga ham ega chiqdi. Ular ichida Mavsum Goli, «Futbol Yozuvchilari» hamda «Oltin butsa» sovrinlari mavjud (Son bilan birga).

Meyson Mount – «Chelsi»

23 yoshli yarim himoyachi mavsum davomida barcha turnirlarda 16 ta assist hamda 13 ta golga mualliflik qildi va muxlislar tomonidan eng yaxshi deya e’tirof etildi. Undan keyingi o‘rinni Tiagu Silva egallagan edi. Mount jamoasiga UYEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati sovrinini yutishda katta yordam berdi. Shuningdek, YECHLga yo‘llanmani qo‘lga kiritishda ham.

Son – «Tottenxem»

«Shporlar» tarkibidagi yana bir yil koreyalik uchun ajoyib o‘tdi. U so‘nggi 4 yilda uchinchi marta eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etilmoqda. Shunga qaramay, yil futbolchisi sovrini uchun Sonning nomzodi qabul qilinmadi. Bu esa klub muxlislariga og‘ir ta’sir qiladi. Bu borada ikkinchi o‘rinni Stiven Bergveyn egallagan.

Bukayo Saka – «Arsenal»

«To‘pchilar» o‘zlari uchun mavsum futbolchisi nomiga egalik qiladigan o‘yinchini belgilashda ancha qiynaldi. Bunga qariyb, 1 haftadan ortiq vaqt kerak bo‘ldi. Oxirida Saka bunga ega chiqdi. 20 yoshli hujumchi 11 ta gol hamda 7 ta assist bilan APLni yakunlagandi.

Ronaldu – «MYU»

Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatida «Manchester Yunayted» safida to‘rtinchi bor mavsum futbolchisi nomiga sazovar bo‘la oldi. Aytish kerakki, aynan mana shu sovrin Ronaldu eng osonlik bilan qo‘lga kiritgani edi. Portugaliyalik barcha turnirlarda 24 ta, APLda esa 18 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Ular ichida eng esda qolarlisi sifatida «Tottenxem» hamda «Norvich»ga qarshi xet-triklar va «Nyukasl»ga urilgan dublni ko‘rsatish mumkin.

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 17:26, 09.06.2022.
O'qildi: 2081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.