"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Alexandro Garnacho yaqin orada jamoa bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin, deya xabar berdi jurnalist-insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati Garnacho bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda.
Klub argentinalik 17 yoshli futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.