Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

“Milan” 11 yil deganda yana Italiya tojini qo‘lga kiritdi. “Rossonerilar” muvaffaqiyatining kichik sirini bilasizmi?

“Milan” 11 yil deganda yana Italiya tojini qo‘lga kiritdi. “Rossonerilar” muvaffaqiyatining kichik sirini bilasizmi?

Baho:
+ | -

“Milan” 11 yil ichida ilk bor Italiya A seriyasida g‘alaba qozondi. Bu “rossonerilar” uchun 19-chempionlik bo‘ldi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha ular "Inter"ga yetib oldi. Faqat “Yuventus”da chempionlik unvonlari ko‘proq – 36. O‘tgan mavsum boshlanishidan avval “qizil-qoralar” Skudetto uchun asosiy da’vogar hisoblanmagan bo‘lsa ham, aynan ular musobaqaning eng yaxshi jamoasiga aylanishdi va bunga munosib tarzda erishdi. Ko‘pchilikning fikricha, jamoa muvaffaqiyatida, birinchi navbatda murabbiyning katta hissasi bor.

Stefano Pioli “Milan” boshqaruviga 2019 yil oktyabr oyida kelgan edi. Mutaxassis Marko Jampaolo o‘rnini egalladi, uning qo‘l ostida "rossonerilar" bor-yo‘g‘i 7ta o‘yinda maydonga tushdi. Pioli — tajribali mutaxassis. "Milan"ga o‘tishdan oldin u ko‘plab klublarda, jumladan "Inter" va "Lasio" bilan ishlagan. "Qizil-qoralar" bilan italiyalik 2 yillik shartnoma imzoladi, biroq ko‘pchilik uning "San-Siro"ni ancha erta tark etishiga ishonchi komil edi.

Pioli boshidanoq bosim ostida ishladi. Tayinlanganidan ko‘p o‘tmay, "Milan" bosh direktori Ivan Gazidis Ralf Rangnikni bosh murabbiy lavozimi tayinlash fikrini ilgari surdi. Nemis mutaxassisi “rossonerilar” bilan muzokaralar o‘tkazilayotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Ammo keyinchalik tomonlar hech qanday kelishuvga erisha olmagani ma’lum qilindi. Rangnikda Gazidisga mos kelmaydigan talablar bor edi. Pioli esa yaxshi natija ko‘rsatdi. Vaqt o‘tishi bilan mutaxassis texnik direktor Paolo Maldini tomonidn qo‘llab-quvvatladi va bu uning klubda qolishiga yordam berdi.

2021 yilning noyabrida Pioli “rossonerilar” bilan shartnomasini 2023 yilning yoziga qadar uzaytirdi. Murabbiy rahbariyatning ishonchini tobora ko‘proq qozona boshladi. Avvaliga mutaxassis “qizil-qoralar”ni Chempionlar ligasiga olib chiqdi – 7 yil ichida ilk bor. 2020/21-yilgi mavsumda “Milan” A Seriyani 2-o‘rinda yakunladi. To‘g‘ri, “rossonerilar” peshqadam “Inter”dan 12 ochko ortda qolishdi, ammo baribir muvaffaqiyatli mavsumni o‘tkazishdi. Chempionlar ligasiga kirish klub uchun ham, uning muxlislari uchun ham katta quvonch bo‘ldi.

2021/22 yilgi mavsum “qizil-qoralar” uchun yanada muvaffaqiyatsiz boshlandi. Bir tomondan, “Milan” Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqa olmadi, shuningdek, Yevropa ligasidan ham quruq qoldi va Italiya Kubogining yarim final bosqichidayoq chiqib ketdi. Ammo yakunda ular A Seriyaning eng barqaror jamoasi bo‘ldi.“Milan” chempionatda ilk bor 20 noyabr kuni – milliy chempionatning 13-turida mag‘lub bo‘ldi. Shundan so‘ng "rossonerilar" bor-yo‘g‘i 3 marta mag‘lub bo‘lishdi. 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan "Yuventus"ga qarshi o‘yindan buyon "qizil-qoralar" biror marta ham mag‘lub bo‘lishmagan. "Milan" 16 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi, bu ajoyib natija hisoblanadi.

Piolining "rossonerilar"ga xizmatlari juda katta. Aynan u yosh va tajriba bilan uyg‘unlashgan bu jamoani tuzdi. Shu bilan birga, “qizil-qoralar” qiyin taktikaga asoslangan o‘yinlarsiz ancha sodda futbol namoyish qildi. "Milan" jadvalning ikkinchi qismidagi jamoalar bilan agressiv o‘ynaydi. Umuman olganda, “rossonerilar” yuqori bosim ostida to‘p tepmadi, himoyada ishonchli o‘ynashni afzal ko‘rdi. "Qizil-qoralar" hujumlari yosh futbolchilarning tezligi va texnik imkoniyatlariga tayangan holda tashkil qilindi.

Yosh o‘yinchilarning muvaffaqiyati — Piolining yana bir xizmati. Uning qo‘l ostida Teo Ernandes Yevropaning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biriga aylandi va Rafael Leau faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkichlarini qayd etishga erishdi. Chap qanotdagi bu yigitlar juftligi juda samarali harakat qildi. Mavsum yakunlanganidan so‘ng portugaliyalik forvard 100 million yevroga baholandi. Shuningdek, Sandro Tonali va Braim Diasning o‘yinlarini ham ta’kidlash joiz. Birinchisi A Seriyada 5 ta gol urdi, bu himoyaviy yarim himoyachi uchun yaxshi ko‘rsatkich, ikkinchisi esa jamoaning hujumlarini qurish va uni shakllantirishda katta yordam berdi. Bitta muammo shundaki, Braim hali ham “Real”ga tegishli.

Yana bir shaxsni ta’kidlash joizki, usiz "Milan"ning hozirgi muvaffaqiyatiga erishib bo‘lmasdi - bu Paolo Maldini. Sobiq "rossonerilar" futbolchisi sport direktori Riki Massara bilan birga Pioliga chempion jamoani qurishda yordam berdi. Fikayo Tomori, Simon Kyer, Junior Messias, Tonali, Dias kabi futbolchilar ushbu mutaxassislar ortidan milanliklar lageriga kelgan. Ularning har biri jamoaga foyda keltiradi. Maldini Mayk Menyanni jamoaga taklif qilgani alohida aytib o‘tish kerak. Funksioner Italiya terma jamoasining eng yaxshi darvozaboni bo‘lgan Janluiji Donnarumma o‘rniga fransiyalik kiperni olib keldi va tanlovda adashmadi.

"Milan" chempionligi yana bir omili - Olivye Jiruning ikkinchi yoshligi. Fransuz ham Maldinining yordami bilan "San-Siro" egalari safiga qo‘shildi. Zlatan Ibragimovich sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi, ammo "Arsenal" va "Chelsi" sobiq hujumchisining tajribasi "rossonerilar"ga hujumlarni yakunlashda juda foydali bo‘ldi. Jiru o‘tgan mavsumda "qizil-qoralar"ning asosiy o‘yinchilaridan biri edi. U “Inter” (2:1), “Torino” (1:0) va “Napoli” (1:0) klublariga qarshi o‘yinlarda g‘alaba golini kiritgan. Bundan tashqari, fransiyalik futbolchi “Roma” (3:1), “Verona” (3:2), “Lasio” (2:1) va “Sassuolo” (3:0) klublariga qarshi muhim o‘yinlarda ham gol urgan.

"Milan"ning muvaffaqiyati juda murakkab. Bu yerda murabbiyning mehnati, rahbariyatning to‘g‘ri qarorlari va futbolchilarni tanlash katta rol o‘ynadi. “Rossonerilar” oldingi yillarda yetishmayotgan barqarorlikni nihoyat topdilar. Ammo ular bunga erishgan zahoti klub yangi xo‘jayinlarga ega bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Bu yaxshi yoki yomonmi, aytish qiyin. Kuzatamiz!

Kiritildi: 21:36, 12.06.2022.
O'qildi: 2651 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.