Mavsum oralig‘idagi TOP transferlar
Quyida e’tiboringizga mavsumlar oralig‘ida amalga oshirilgan eng shov-shuvli transferlar ro‘yxatini taqdim etamiz.
Hozir Yevropada jamoalar 2021/22 yilgi mavsumni yakunlashdi va bu ba’zilar uchun muvaffaqiyatli kechdi, boshqalar uchun esa keyingi mavsumda raqobatbardosh bo‘lish uchun transfer bozorida puxta ishlashga to‘g‘ri keladi.
Klublar eng istiqbolli va top o‘yinchilarni olishga, futbolchilar esa faoliyatini davom ettirish uchun yuqori statusli klublarni topishga harakat qilmoqda.
Ushbu mavsumda amalga oshirilgan top transferlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz.
Darvin Nunyes («Liverpul»)
22 yoshli hujumchi jamoaga «Benfika»dan 75 million yevro evaziga o‘tdi, turli bonuslarni hisobga olsak, bu summa 100 millionga ko‘tarilishi mumkin.
Aureliyen Tchuameni («Real Madrid»)
Yarim himoyachi «qirollik klubi»ga «Monako»dan ko‘chib o‘tdi, 22 yoshli futbolchi bilan shartnoma olti yilga mo‘ljallangan. OAV xabariga ko‘ra, transfer summasi 100 million yevrodan oshgan.
Rayan Gravenberx («Bavariya»)
Myunxenliklar 20 yoshli gollandiyalik yarim himoyachini Amsterdamning «Ayaks» klubidan 18 million yevro evaziga sotib oldi.
Markinyos («Arsenal»)
20 yoshli futbolchi «San Paulu»dan «kanonirlar» safiga 3,5 million yevroga ko‘chib o‘tdi.
Ivan Perishich («Tottenxem»)
33 yoshli xorvat «shporlar» safida Antonio Konte bilan yana birgalikda faoliyat olib boradi. Futbolchi Premyer-liga klubiga erkin agent sifatida o‘tdi.
Diyego Karlos («Aston Villa»)
29 yoshli futbolchi «Sevilya»dan Premyer-liga klubi «Aston Villa» safiga o‘tdi. Braziliyalik futbolchi Stiven Jerrard jamoasiga 31 millionga tushdi.
Matias Oliveyra («Napoli»)
Urugvaylik himoyachi Luchano Spaletti jamoasiga «Xetafe»dan 15 million yevro evaziga qo‘shildi.
Brenden Aaronson («Lids Yunayted»)
21 yoshli amerikalik «RB Zalsburg»dan «tovuslar» uchun 32 million yevroga tushdi.
Nusayr Mazraui («Bavariya»)
Marokashlik futbolchi Amsterdamning «Ayaks» klubidan tekinga «Bavariya»ga o‘tdi. Shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Erling Xoland («Manchester Siti»)
Norvegiyalik hujumchining Dortmundning «Borussiya» klubidan «shaharliklar» lageriga o‘tgani ancha shov-shuvli xabarga aylandi. Transfer 75 million yevro evaziga amalga oshdi.
Karim Adeyemi («Borussiya Dortmund»)
«Borussiya» uzoq vaqt Xoland o‘rniga o‘rinbosar izlashi kutilgandi, ammo bunday bo‘lib chiqmadi. Jamoa 38 million yevro evaziga yangi klubga o‘tgan germaniyalik hujumchi Karim Adeyemi variantida to‘xtaldi. Futbolchi «asalarilar» bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Niko Shlotterbek («Borussiya Dortmund»)
«Frayburg» himoyachisi 20 million yevro evaziga jamoasini o‘zgartirdi va 2027 yilning yoziga qadar «Borussiya» bilan shartnoma imzoladi.
Niklas Zyule («Borussiya Dortmund»)
Markaziy himoyachi o‘tgan mavsumda «Bavariya»ni tekinga tark etdi.
Mett Tyorner («Arsenal»)
Amerikaning «Nyu-Englend» klubining 27 yoshli darvozaboni Londonning «Arsenal» klubiga 6,36 million yevro evaziga o‘tdi. Bu uning Yevropadagi ilk katta tajribasi bo‘ladi.
Bubakar Kamara («Aston Villa»)
Yevropaning bir qator top-klublariga qiziqish bildirgan fransiyalik himoyachi faoliyatini kutilmagan klubda davom ettiradi. Kamara «Marsel»dan «Aston Villa»ga tekinga o‘tdi. Shartnoma 2027 yilning yoziga qadar imzolanadi.
Fabio Karvalyu («Liverpul»)
Portugaliyalik yarim himoyachi qishda «Enfild»ga o‘tishi kerak edi, biroq tomonlar hujjatlarni rasmiylashtirishga ulgurmagani uchun so‘nggi daqiqada transfer amalga oshmay qoldi. Natijada Karvalyu «Fulxem»ga chempion bo‘lishiga yordam berdi, keyin esa 6 million yevro evaziga «Liverpul»ga o‘tdi.
Lorenso Insinye («Toronto»)
«Napoli» afsonasi okean ortiga yo‘l oladi. Insinye Kanada klubiga tekinga o‘tdi.