Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Ufa» sobiq bosh murabbiyi O‘runov borasida qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida gapirdi

«Ufa» sobiq bosh murabbiyi O‘runov borasida qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Rossiyaning «Ufa» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleksey Stukalov «Match TV»ga bergan intervyusida yarim himoyachi Oston O‘runov haqida to‘xtalib o‘tdi.

— Ushbu mavsumda O‘runov bilan ishlash qiyin kechdimi?
— Yangi yilga qadar, ha, qiynaldik. Hozir esa u to‘g‘ri yo‘lga tushib oldi.

— Bu jarayon juda og‘ir kechdimi?
— Ha. Uning maoshida keskin pasayish yuz berdi. Masalan, menda yoki sizda bunday holat bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun biz buni tushuna olmaymiz. Bunday holatni boshidan kechirgan inson buni oson yengib o‘tgan bo‘lardi.

U jamoaga kerak edi. Shuning uchun uning rivojlanishi uchun yo‘l topishga harakat qildik. Yangi yilga qadar hech narsa o‘xshamadi. Shunday paytlar bo‘ldiki, men Shamil Gazizovga: «Bo‘ldi, yetadi, men undan charchadim. Uni nimadir qilish kerak», dedim.

— U bilan ko‘p gaplashdingizmi?
— Deyarli har kuni. Murabbiylar shtabi bilan turli yo‘llarni qilib ko‘rdik. Hattoki unga o‘zining avvalgi o‘yinlarini ko‘rsatib, hozirda qanday ahvolda ekanini tushuntirdik. Ammo jarohatlar ham uni qiynab qo‘ydi. Oyog‘ining orqa qismidagi mushaklar jarohatlandi. Shuning uchun inson o‘zini nazoratda ushlab turishi kerak. Uning mushaklari juda kuchli. Oston bitta o‘yinda juda ko‘p sprinterlik vazifasini bajaradigan RPLdagi kam sonli futbolchilardan biri.

— Unga nisbatan qattiqqo‘lroq bo‘lishga harakat qilmadingizmi?
— Hozirgi futbolchilar boshqacha. Istalgan paytda xafa bo‘lib qolishi mumkin. Murabbiy yoki boshqa mutaxassis futbolchiga qanday gapirishni aniq bilishi kerak. Bu qiyin vaziyat.

— O‘runov hammasini tushundim, deya, keyin kafega yo‘l olarmidi?
— Gap kafeda emas, tayyorgarlikda. U mashg‘ulotdan tashqari yana alohida ham ishlashi kerak. O‘runovning tiklanishi uchun Artur Karimov ko‘p ish qildi. Oston esa bunday keyin ham mashg‘ulotdan so‘ng ko‘p ishlashi zarur.

— O‘runov bundan bo‘yin tovladimi?
— Yo‘q, bunaqasi bo‘lmadi. Murabbiylar shtabi hech kimning bunday qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Murabbiyning so‘zi — qonun.

Manba: matchtv.ru
Kiritildi: 06:39, 18.06.2022.
O'qildi: 4015 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.