Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan"ga hujumchi taklif qilishdi

"Milan"ga hujumchi taklif qilishdi

Baho:
+ | -

"Sassuolo" "Milan"ga hujumchi Jakomo Raspadorini 30 million yevro evaziga sotib olishni taklif qildi. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Italiya chempioni hujumni kuchaytirishdan manfaatdor, ammo bunday summani to‘lashga tayyor emas. Shu sababli, “rossonerilar” "Sassuolo"ga narxni pasaytirish maqsadida himoyachisi Matteo Gabbiyani Raspadori bilan shartnomaga qo‘shishni taklif qilishlari mumkin.

"Yuventus" va "Vest Xem" ham Raspadori uchun da’vogarlik qilmoqda. "Keksa sinyora" agar "Atletiko" bilan Alvaro Morata borasida kelishuvga erisha olmasa, 22 yoshli italiyalikni olishga harakat qiladi.

Raspadori o‘tgan mavsumda 38 o‘yinda maydonga tushib, 10 gol va 6 golga assistentlik qilgan. Uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:46, 18.06.2022.
O'qildi: 1653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.