Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Taniqli sharhlovchi Komil Jumayev O‘zbekiston U23 terma jamoasining ishtirokiga baho berdi

Taniqli sharhlovchi Komil Jumayev O‘zbekiston U23 terma jamoasining ishtirokiga baho berdi

Baho:
+ | -

Qariyb uch hafta mamlakatimiz stadionlarida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi futbolsevar xalqimiz qalbida uzoq muddatga muhrlanib qolishi bor gap. Yoshlarga xos shiddat, tezkorlik, kombinasion murosasiz uchrashuvlar muxlislarning ko‘plab davralarida muhokama etilishi aniq. Biz uchun yana bir ahamiyatli jihati Timur Kapadze boshchiligidagi o‘g‘lonlarimiz ishqibozlar ishonchini oqlab, finalgacha yetib borishdi.

Bosh sovrin – Osiyo kubogi uchun o‘tkazilgan o‘yinda qit’amizning eng kuchli jamoasi, chempionat mobaynida bironta ham gol o‘tkazib yubormagan Saudiya Arabistoni terma jamoasiga munosib raqobat ko‘rsatdi. Ularning darovzasi yonida o‘nlab vaziyatlar yaratildi. To‘pni nazoratda ushlab turish, darvozalar tomon zarbalar berish borasida yaqqol ustunlikka ega bo‘ldik. Hatto raqib darvozasiga gol ham kiritdik. Faqatgina ofsayd bois u inobatga olinmadi.

Birinchi bo‘limda “sher panjasiga panja urgan” o‘zbekistonlik yigitlar ikkinchi taymda biroz toliqib qolishdi. Buning ob’ektiv hamda sub’ektiv sabablari bor. Birinchidan, Saudiya Arabistoni terma jamoasi bizning yigitlarimizdan ikki yosh katta edi. Parij olimpiadasini ko‘zlab mehnat qilayotgan Timur va uning komandasi U-21 yoshidagi yigitlar, ularning asosiy maqsadi to‘rt yillikning nufuzli musobaqasiga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini birinchi marta olib chiqish, yangi tarixni yaratishdan iboratdir. Ikkinchi sabab, tarkibimizdagi kutilmagan yo‘qotishlar: asosiy posbon Abduvohid Ne’matovning kutilmaganda qizil kartochka olishi va musobaqa oxirigacha jamoadoshlariga yordam berish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi. Terma jamoaning yana bir muhim o‘yinchisi, pleymeyker, maydon markazidan jamoa hujumlarini tashkil etuvchi Ibrohim Ibragimovning guruh bosqichida jarohat olishi va safdan chiqishi bo‘ldi. Bu ikki yo‘qotish ayniqsa pley-off o‘yinlarida yaqqol sezildi. Iroq va Yaponiya terma jamoalari to‘sig‘idan katta qiyinchilik bilan o‘tgan O‘zbekiston yoshlar termasi final o‘yinining ikkinchi taymida burilish yasash uchun o‘zida kuch topolmadi. Ham jismonan, ham ruhan toliqqan yigitlarimiz finalni shu tariqa boy berishdi va ikkinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi.

Aslida bu natija ham juda zo‘r ko‘rsatkich. Buning uchun murabbiylar shtabiga, terma jamoaning saralash bosqichidan tortib final bosqichigacha jalb etilgan, to‘p surgan barcha a’zolariga minnatdorlik bildirish kerak. Quvonarli jihati, O‘zbekiston U-23 terma jamoa muvaffaqiyatida “Metallurg” vakillari – Ibrohim Ibragimov hamda Odilbek Abdumajidovlarning ham munosib ulushi bor. Biz yigitlarimizga keyingi faoliyatlari davomida ham zafarli yurishlarini davom ettirishlarini tilaymiz. Ibrohimga esa tezroq sog‘ayib, safga qaytishini, milliy chempionatning muhim uchrashuvlarida jamoadoshlari yonida bo‘lishini istaymiz. Ijara asosida xorijda to‘p surayotgan ikkinchi vakilimiz Odilbekning ham mahoratini yanada sayqallashtirib, xalqaro maydonlarda yurtimiz dovrug‘ini yoyishiga tilakdoshmiz. Barakalla yigitlar!

Komil Jumayev.
"Metallurg" klubi matbuot kotibi

Kiritildi: 18:10, 20.06.2022.
O'qildi: 4518 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.