Har yerda bo‘lgani kabi Angliyada ham klublar o‘z murabbiylarini tez-tez almashtirib turadi. Har bir mutaxassis jamoaga kelib, o‘z uslubiga mos futbolchilar qidira boshlaydi. Bu esa yangi xaridlar amalga oshishiga olib keladi. Masalan, "MYU"da Fergyusonning ilk xaridi Viv Aderson, Devid Moyesniki esa Gilyermo Varela bo‘lgan. Ayni damda "qizil iblislar"ga ustozlik qilayotgan Erik ten Xag esa hali o‘zining ilk transferini qilib ulgurganicha yo‘q. Quyida top oltilik jamoalarining murabbiylari amalga oshirgan ilk xaridlar sanab o‘tiladi.
"Arsenal" – Mikel Arteta (Pablo Mari)
Mari 2020 yilning yanvar oyida ijara asosida olib kelinadi. U dastlab "Manchester Siti" nishonida bo‘lgan. Bunga sabab esa "Flamengo" bilan Libertadorlar kubogini qo‘lga kiritgani edi. Pablo Mari keyinchalik 8 million funt evaziga sotib olinadi. U o‘tgan mavsum boshida Romelu Lukaku tomonidan sharmanda qilinganidan so‘ng, ortiq APLda ko‘rinish bermadi. Ayni damda esa Mari "Udineze"da ijara asosida harakat qilmoqda va "Arsenal"ga qaytish niyatida emas.
"Chelsi" – Tomas Tuxel (Markus Bettinelli)
Bettinelli "Fulxem"dan "Chelsi"ga ko‘chib o‘tadi. U shartnoma imzolagach, shunday degandi: "Men bu yerga kelganimdan juda xursandman va qo‘limdan kelganicha jamoaga yordam berishga harakat qilaman". Ammo darvozabon "Chelsi"dan faqat bittagina bahsda maydonga tushdi, xolos. Tuxel undan boshqa foydalanmadi.
"Liverpul" – Yurgen Klopp (Marko Gruich)
Gruich Kloppning ilk xaridi edi. 2016 yilning yanvar oyida Klopp uni 5 million funt evaziga "Zvezda" jamoasidan xarid qiladi. Ammo yarim himoyachi "Liverpul" safida atigi 400 daqiqa o‘ynadi, xolos. Keyinchalik Gruich ijaraga berib yuboriladi. Ayni damda esa futbolchining makoni "Portu" sanaladi. Uning sotuvidan "Liverpul" 8 million funt ishlab olgan.
"Manchester Siti" – Gvardiola (Gyundogan)
Gvardiola 2016 yilning iyun oyida "BVB"dan 20 million funtga olib kelingan. Bu esa Gvardiolaning ishi edi. Hozirda 31 yoshni qarshi olgan yarim himoyachi 4,5 yillik bitim bilan "shaharliklar" safini to‘ldiradi. Gyundogan hozirga qadar 157 ta o‘yinda ishtirok etib, 36 gol urishga erishdi. Germaniya terma jamoasi a’zosi bu yozda jamoani tark etishi mumkin.
Erik ten Xag – "MYU" (hech kim)
"Manchester Yunayted" yaqin kunlarda "Barselona"dan Frenki de Yongni, "Ayaks"dan esa Antonini olib kelmoqchi. Ammo ten Xag hali biror xaridga qo‘l urmadi.
"Tottenxem" – Antonio Konte (Kulusevski)
Konte Kulusevskini "Yuventus"dan qishda olib kelgandi. Yarim himoyachi 18 oylik ijara asosida Londonga tashrif buyurgan. Uning bitimida sotib olish sharti ham mavjud. Shvesiya terma jamoasi a’zosi uchun APLdagi debyut omadli keldi. Negaki, u yarim mavsumda 18 ta o‘yinda maydonga tushirildi. 5 ta gol hamda 8 ta assistga mualliflik qildi.
ISMATOV J.