Hujumchi Neymar shu yozda "PSJ"ni tark etmoqchi, chunki u klubda o‘zini noqulay his qilmoqda, deya xabar beradi Le Parisen.
Avvalroq Neymar Parijni Nosir Al-Xelayfi bilan suhbati tufayli tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
"PSJ" rahbari Neymarning yozgi transfer oynasida ketishi ehtimoli haqida shunday dedi: "Biz barcha futbolchilardan o‘tgan mavsumdagidan ko‘ra ko‘proq harakat qilishlarini kutamiz. Yana ko‘p! Ularning barchasi 100 foiz borlarini berishlari kerak. Kelgusi mavsumda maqsad aniq: har kuni 200% ishlash”.
Neymar o‘tgan mavsumda "PSJ" safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi.
30 yoshli braziliyalik 2017 yildan buyon "PSJ"da o‘ynab kelmoqda. Jamoa tarkibida futbolchi to‘rt karra Fransiya chempioni bo‘ldi, uch marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.
Hujumchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.