Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Elorda kubogi». Yigitlarimizda 3 ta, qizlarimizda esa 4 ta final!

«Elorda kubogi». Yigitlarimizda 3 ta, qizlarimizda esa 4 ta final!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida boks bo‘yicha xalqaro "Elorda kubogi" musobaqasi o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Bugun musobaqa doirasida yarim final bahslari yakuniga yetdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda Asilbek Jalilov Hindiston, Saidjamshid Jafarov va Lazizbek Mullojonov Qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.

Shahzod Muzaffarov, Adhamjon Muhiddinov, Dilshod Abdumurodov, Mujibillo Tursunov va Jahongir Zokirov, afsuski, yarim finalda imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan yurtimizga qaytadigan bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Sabina Boboqulova, Nigina O‘ktamova va Sitora Turdibekova yarim finalda g‘alabaga erishdi. Kecha Feruza Kazakova ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Ertaga o‘tkaziladigan final bahslarida 7 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi:

Erkaklar:
-48 kg: Asilbek Jalilov - Temirtas Jussupov (Qozog‘iston)
-75 kg: Saidjamshid Jaffarov - Felesiano Martines (Kuba)
+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Damir Toibay (Qozog‘iston)

Ayollar:
-50 kg: Sabina Boboqulova - Namiki Sukimi (Yaponiya)
-52 kg: Feruza Kazakova - Jana Shekerbekova (Qozog‘iston)
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Boro Jamuna (Hindiston)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Karina Ibragimova (Qozog‘iston)

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 23:02, 03.07.2022.
O'qildi: 1336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.