Kirish Ro'yxatdan o'tish

“PSJ” kimlarga chiqish eshigini ko‘rsatmoqchi

“PSJ” kimlarga chiqish eshigini ko‘rsatmoqchi

Baho:
+ | -

Agar barcha transferlar amalga oshsa, Parijning tarkibi tanib bo‘lmas darajada o‘zgaradi.

Bir yil avval “PSJ” transfer bozorini yondirdi va nihoyat tarkibni “Galaktikos”ning o‘ziga xos versiyasiga aylantirdi. Keyin Leo Messi, Serxio Ramos va Janluiji Donnarumma tekinga kelishdi. Lekin klub o‘zi uchun noodatiy mavsum o‘tkazdi.

G‘ayrioddiylik nimada? "PSJ" bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘yinchidan qutulmoqchi. Ayrimlar allaqachon jamoani tark etgan - masalan, Anxel Di Mariya. Argentinalik yarim himoyachi Parijga yetti yil vaqtini berdi va yaqinda Finalissimada o‘z darajasini isbotladi (uning jamoasi Italiyani mag‘lub etdi). Ammo bu shayxlarni ishontira olmadi. 34 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilinmadi va u erkin agent sifatida ketdi.

Shuningdek, “PSJ” nihoyat Alfons Areoladan qutuldi. Darvozabon avvallari asosiy tarkibda bo‘lgan, ammo kattaroq maqomga ega raqobatchilar kelganidan keyin tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. Jamoa yana bir darvozaboni bilan xayrlashdi. Markin Bulka 2 million yevro evaziga “Nissa”ga o‘tdi.

Endi yaqin kelajakda “PSJ”ni tark etishi mumkin bo‘lganlar haqida. Asosiy, nomzod Neymar bo‘lib chiqyapti. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, har ikki tomon ham ajralishga qarshi emas, ammo hozircha aniq da’vogar yo‘q. Neymar uchun mumkin bo‘lgan jamoalar ro‘yxatida top klublar jam bo‘lgan.

Bir oy oldin “PSJ”ning yangi sport direktori Luis Kampos qaysi o‘yinchilardan darhol qutulmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi. Bular: Leyvin Kurzava, Ander Errera, Idriss Geye, Jorjinyo Veynaldum, Leandro Paredes va Mauro Ikardi. Veynaldumning jamoaga qo‘shilganinga bir yil bo‘lgan edi.

Bu yozda “PSJ” allaqachon to‘rt futbolchi bilan xayrlashdi va yana sakkiz yoki to‘qqiztasini sotishi mumkin, jumladan, asosiy yulduzlardan biri va bir nechta asosiy o‘yinchilar. Shunday ekan, kelasi mavsumda Parij tarkibi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarsa hayron bo‘lmang.

Kiritildi: 11:22, 04.07.2022.
O'qildi: 6605 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.