Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ibrohimxalil va Oston RPLning mavsum-2021/2022dagi eng yaxshi yosh futbolchilari safidan o‘rin olishdi

Ibrohimxalil va Oston RPLning mavsum-2021/2022dagi eng yaxshi yosh futbolchilari safidan o‘rin olishdi

Baho:
+ | -

Rossiyaning «Chempionat» nashri Rossiya premyer-ligasining mavsum-2021/2022dagi eng yaxshi yosh futbolchisini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi. Bunda veb-sayt RPL klublari bosh murabbiylari va sardorlarining ovozlarini inobatga oldi.

Tanlovning asosiy sharti — 22 yoshga to‘lmagan futbolchilarga ovoz berish mumkin. Bunda futbolchining fuqaroligi ahamiyatga ega emas. Nashr murabbiylar va sardorlarga 50 nafar yosh futbolchilarning ro‘yxatini taqdim etib, ularning har biridan 5 nafardan futbolchini ketma-ketlikda tanlab berishni so‘radi. Murabbiy va sardor o‘z klubidan ko‘pi bilan 3 nafar o‘yinchini tanlash huquqiga ega ekani ta’kidlandi.

O‘rinlarga qarab futbolchilarga quyidagicha ball berildi:

1-o‘rin – olti ball.
2-o‘rin – to‘rt ball.
3-o‘rin – uch ball.
4-o‘rin – ikki ball.
5-o‘rin – uch ball.

So‘rovnomada ishtirok etganlar jami 34 nafar futbolchining nomini tilga olishgan. Ulardan ikki nafari esa o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi. "Nijniy Novgorod" klubi himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va mavsumni ijara asosida "Ufa"da o‘tkazgan Oston O‘runov bir balldan jamg‘arib, 31-34-pog‘onani egallagan o‘yinchilar safidan o‘rin olishdi.

Yo‘ldoshevga "Nijniy Novgorod" klubi bosh murabbiyi Kerjakov ovoz bergan bo‘lsa, "Spartak" klubi sardori Jikiya Oston O‘runovni 5-o‘ringa qo‘ydi. Shu tariqa, hamyurtlarimiz ushbu ro‘yxatdan o‘rin olishdi. «Chempionat» ularga quyidagicha ta’rif berdi:

34-31. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev
Tug‘ilgan kuni: 2001 yil 14 fevral (21 yosh)
Mavsum-2021/2022dagi klubi: «Nijniy Novgorod»
Pozisiyasi: chap qanot himoyachisi
Qancha ball to‘pladi: 1

«Nijniy Novgorod» Ibrohimxalil Yo‘ldoshev bilan o‘tgan yilning yozida shartnoma imzolagandi. «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi hisoblangan ushbu futbolchi Aleksandr Kerjakov qo‘l ostida eng ko‘p o‘sishga erishgan futbolchilardan biri bo‘ldi. Yo‘ldoshev murabbiyning ko‘rsatmalarini bajargan holda chap qanotni "yondirdi". Bunda unga tezkorlik va chidamkorlik xislatlari naf keltirdi. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi mavsum davomida 19ta o‘yinda ishtirok etib, bir gol va bir assist muallifiga aylandi. Unga Rossiyaning top-klublari qiziqa boshlashdi.

34-31. Oston O‘runov
Tug‘ilgan kuni: 2000 yil 19 dekabr (21 yosh)
Mavsum-2021/2022dagi klubi: «Ufa» («Spartak» klubiga tegishli)
Pozisiyasi: hujumkor yarim himoyachi, vinger
Qancha ball to‘pladi: 1

Shu paytgacha Oston O‘runov bilan bog‘liq bir qancha gap-so‘zlar bo‘lib o‘tdi. Shunga qaramay, u hali yosh futbolchi ekanini unutmaslik kerak. «Spartak»ning asosiy tarkibidan o‘rin ola bilmagan futbolchi so‘nggi bir yarim mavsumni ijara asosida «Ufa»da o‘tkazdi. Ha, u 16ta o‘yinda ishtirok etib, golli vaziyatlarda ishtirok etmadi. Jamoa bosh murabbiyi Aleksey Stukalov futbolchi qiyinchiliklarni yengib, to‘g‘ri yo‘lga tushib olganini ta’kidladi. Ostonning «Spartak» bilan shartnomasi 2025 yilga qadar tuzilgan, ammo u yangi mavsumni yangi jamoada boshlasa kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:12, 05.07.2022.
O'qildi: 2083 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.