"Manchester Siti"ga yangi kelgan Xulian Alvares klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan munosabatlari haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi "shaharliklar" safiga bugun yetib keldi.
“Meni klubda Gvardiola kutib oldi. "Manchester Siti" loyihasining bir qismi ekanligimdan juda faxrlanaman. U sayyoradagi eng yaxshi murabbiylardan biri va har doim juda muvaffaqiyatli bo‘lgan. Umid qilamanki, unga katta foyda keltiraman va futbolchi sifatida rivojlanishda davom etaman" - dedi Alvares klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Alvares "Manchester Siti"ga Argentinaning "River Pleyt" klubidan ko‘chib o‘tdi. Futbolchi kecha o‘z jamoasi bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.