Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Isroil Madrimov Londonda jang o‘tkazadi

Isroil Madrimov Londonda jang o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Ertaga, 9 iyul kuni Angliyaning London shahrida hamyurtimiz Isroil Madrimov fransiyalik Mishel Soroga qarshi revansh jangini o‘tkazadi.

Kecha ushbu uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.  Unda Isroil Madrimov Londonga ilk bor kelganligini aytib, chempionlik unvoniga erishish maqsadida bor imkoniyatini ishga solishini ta’kidladi.

Aytish joiz, professional boksning katta ringida ular ikkinchi marta uchrashmoqda. Madrimov – Soro o‘rtasidagi ilk jang o‘tgan yilning dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgandi va o‘shanda Madrimov to‘qqizinchi raundda texnik nokautga erishgandi.  

Shuningdek, musobaqa dasturiga binoan jang oldidan London shahrining keng maydoniga o‘rnatilgan ringda Madrimov boks ishqibozlari uchun ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi.  

Mazkur jarayonlarni bevosita kuzatib borayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi To‘lqin Qilichevning telefon orqali ma’lum qilishicha, iste’dodli bokschimizning Angliya poytaxtida namoyish etgan ochiq mashg‘ulotini yuzlab insonlar tomosha qildi. U bilan suratlarga tushishdi. Dastxat olishdi.  

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov – Mishel Soro jangining g‘olibi WBA unvoniga majburiy da’vogar sifatida e’tirof etiladi hamda birinchi o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Jermell Charlo bilan bahslashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Manba: ЎЗА
Kiritildi: 22:15, 08.07.2022.
O'qildi: 5051 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.